Breaking News

Braximiy ishdan bo’shayapti


Diplomat Laxdar Braximiy 31-mayda Suriya bo'yicha muzokarachi kursisini bo'shatadi. O'rnini kim egallashi hali noma'lum.
Diplomat Laxdar Braximiy 31-mayda Suriya bo'yicha muzokarachi kursisini bo'shatadi. O'rnini kim egallashi hali noma'lum.

Salkam ikki yil davomida diplomat Laxdar Braximiy Suriyadagi shafqatsiz, og’ir urushga yechim qidirdi, deydi Pan Gi Mun.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Arab Ligasining Suriya bo’yicha mas’ul vakili Laxdar Braximiy ishdan bo’shayapti.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bu haqda Nyu-Yorkda e’lon qildi. Braximiy 31-mayda ketishi kutilmoqda. Uning o’rnini kim egallashi hali nomal’lum.

Salkam ikki yil davomida Braximiy shafqatsiz, og’ir urushga yechim qidirdi, deydi Pan Gi Mun.

Suriya xalqi, Yaqin Sharq mintaqasi va jahon ahli bilan muzokarada vositachilik qildi, murosa izladi.

Braximiyning sa’y-harakati bilan Suriya hukumati va muxolifat Jenevada ikki bor yuzma-yuz uchrashgan. Lekin majlislar natijasiz tugagan.

Braximiy muzokaralarni jonlantirishga urinayotgan edi, ammo hukumat kelasi oyga prezident saylovlarini e’lon qilib buning yo’lini kesdi.

Shunga qaramasdan, xalqaro diplomat urush tugashiga ishonchi komil. Braximiydan oldin Suriya ixtilofida vositachilik Kofi Annan zimmasida edi. U lavozimni 2012-yil yozida bo’shatdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG