Breaking News

Damashqdagi portlash prezident Assadga katta zarba


Chapdan prezident Bashar al-Assad, kimligi noma'lum harbiy va o'ngda, bugungi portlashda halok bo'lgan Mudofaa vaziri Dovud Rajha
Chapdan prezident Bashar al-Assad, kimligi noma'lum harbiy va o'ngda, bugungi portlashda halok bo'lgan Mudofaa vaziri Dovud Rajha
Suriya Davlat telekanali xabariga ko’ra, poytaxtda Milliy Xavfsizlik binosida kuchli portlash ro’y berib, Mudofaa vaziri Dovud Rajha va uning o'rinbosari Osif Shavkat halok bo'lgan, yana bir necha rasmiy og'ir jarohatlangan.
Shavkat prezident Bashar al-Assadning pochchasi. O'lganlardan yana biri sobiq mudofaa vaziri Hasan Turkmaniy.

Portlashda Ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohim al-Shar hamda Razvedka boshlig'i Hishom Baxtiyor yaralangan.

Bugungi hujum bir yarim yillik qo'zg'olon davomida prezident Bashar al-Assadga qarshi eng katta zarba. Prezident va uning oilasi qayerda ekani mavhum.

Xurujni hukumatga yaqin soqchi sodir etgani aytilmoqda. Tahlilchilar nazarida muxolifat hukumatni ichidan yemirishga urinmoqda. Davlat xizmatchilari, yuqori organlarida ishlayotganlar orasida rahbariyatdan to'yganlar ko'p, deya ishonch bildirmoqda qo'zg'olon yetakchilari.

Qurolli kuchlar qo'mondoni Fahd al-Jasim yangi Mudofaa vaziri etib tayinlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Suriyada kuzatuvchilar missiyasini uzaytirish masalasini ko'riib chiqmoqda.

Kengash a’zolari prezident Bashar al-Assadga qarshi yangi jazo choralarini qo’llash borasida bir fikrga kela olmayapti.

Suriyada tobora kuchayib borayotgan qonli to’qnashuvlar mamlakatni tark etayotgan qochqinlar sonini oshirmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, har kuni 300 dan ortiq odam qo’shni Turkiyaga bosh olib ketmoqda. Chegarada ular uchun lagerlar tashkil etilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG