Breaking News

Suriyada armiya odamlarni o'qqa tutdi, Yevropa yana sanksiya qo’ydi


BMT kuzatuvchilari Himsda
BMT kuzatuvchilari Himsda

Suriyada faollarning aytishicha, armiya bugun to’qqiz odamni o’ldirgan. Hamo shahrida askarlar aholiga qarata o’t ochdi, deydi ular.O’nlab odam jarohatlangan.

BMT kuzatuvchilari esa ayni paytda poytaxt tevaragi, Zabadani shahrini kezib, sulh ijrosini tekshirmoqda. Tinchlik bitimi bir yildan oshiq davom etayotgan namoyish va to’qnashuvlarga barham bera olmayapti. BMT missiyasi tarkibida 10 kishi bor.

Yevropa Ittifoqi qimmatbaho mollar, avtomobillar va repressiya quroli bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan og’it, kimyoviy mahsulotni Suriyaga sotishni taqiqladi. Tugal qaror bugun ittifoq tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgdagi majlisida qabul qilindi. Qimmatbaho mollarni cheklash prezident Bashar al-Assadning rafiqasi, to’kin-sochin hayotga o’rgangan Asma Assadga ishoradir.

"Suriya hukumati tobora yakkalanib bormoqda"
"Suriya hukumati tobora yakkalanib bormoqda"
Umumiy hisobda, 30 nafar qurolsiz kuzatuvchi tez orada Suriyaga borishi rejada. Ketidan yana 300 tinchlikparvar uch oyga safarbar etilishi mumkin. Biroq avval BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakat qanchalik bexatarligi, kuzatuvchilar ishlashi uchun sharoit bor-yo’qligini aniqlashi kerak. G’arb diplomatlari fikricha, Assad hukumati sulh shartlariga amal qilmasa, bu sa’y-harakatlar befoyda.

Surgundagi muxolifat ta’kidiga ko’ra esa xalqni armiya zarbalaridan himoya qilish vaqti yetdi va BMT zudlik bilan uch ming kuzatuvchi jo’natishi lozim.

Suriya armiya va muxolifat hujumlarida kecha kamida 17 odam o’lgan. Askarlar ketayotgan mashina portlab, besh nafari nobud bo’lgan.

BMT hisobicha, bir yillik g’alayonda 9 mingdan oshiq fuqaro o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG