Urush alangasi ichida qolayotgan Suriya bu mojarodan yaxlit davlat bo’lib chiqa oladimi? Ayrim tahlilchilar bu jamiyat parokanda bo’lishini bashorat qilmoqda.
“Suriya sekin-asta shunday nuqtaga yaqinlashyaptiki, bo’linib ketishi mumkin”, -deydi Emanuel Ottolengi, Demokratiyalar mudofaasi uchun jamg’arma nomli, Vashingtonda joylashgan markaz tahlilchisi.
Ikki yarim yildan beri davom etayotgan mojaroda 100 ming kishi nobud bo’ldi va millionlab fuqaro mamlakatdan bosh olib ketdi. “Amerika Ovozi” bilan suhbatlashgan Ottolengi Suriya qayta birlasha olishi gumon, deydi.
“Qonli urush bu jamiyatni tilka-pora qilib tashladi. Mazhablarning bir-biriga bo’lgan nafrati va o’ch olish ishtiyoqi shundan dalolatki, hukumat mamlakatni qayta qo’lga ololmasa ham yoki isyonchilar yengilsa ham, Suriya oyoqqa turishi juda qiyin bo’ladi”.
Jons Xopkins Universitetidan Daniel Server Suriyadagi voqealarning mintaqaga ta’siri haqida so’zlaydi. Uning fikricha, Livan, Iordaniya, Isroil, Falastin va Turkiya joylashgan, Levant nomi bilan yuritiladigan mintaqada avvalo davlat strukturalari pand berishi mumkin.
O’tgan oy Qo’shma Shtatlar Assad ma’muriyati urushda kimyoviy qurol qo’llagani haqida xulosa qilib, Suriya muxolifatiga harbiy yordamni oshirishga qaror qildi. Olim fikricha, AQSh Suriyaning parchalanishiga yo’l qo’ymaydi, lozim bo’lsa harbiy aralashuvni bundanda kengaytiradi.
“Chunki Suriyaning parchalanishi butun mintaqada aks-sado berib, bugungi chegaralar o’zgarishiga olib keladi. Turkiya, Iroqni xavf ostiga qo’yadi”, - deydi Daniel Server.
Ayni paytda Obama ma’muriyati mojaroga siyosiy yechim topishga zo’r bermoqda.
Olim fikriga ko’ra, Suriyada avvalo harbiy jabhada muvozanat o’zgarishi kerak, ana undan keyin siyosiy yechim haqida gapirish mumkin. Prezident Bashar al-Assad muzokaraga ko’nishi uchun oppozitsiya kuchli bo’lishi kerak, deydi Daniel Server.
Tomonlarni bir davraga to’plab, muloqot boshlash uchun anchadan beri harakat ketmoqda. May oyida AQSh va Rossiya xalqaro tinchlik anjumani o’tkazishga kelishib olgan edi.
Tadbir avvaliga Jenevada iyun oyida o’tadigan bo’ldi. So’ngra iyulga ko’chirildi va mana endi avgust oyiga belgilanmoqda.
Masalaning murakkab tomoni shundaki, tashkilotchilar – Vashington va Moskva urushda har xil taraflarni qo’llab-quvvatlaydi. AQSh Suriya oppozitsiyasini, Rossiya esa Assad hukumatini.