Breaking News

Minglab suriyaliklar notinch Iroqdan panoh izlamoqda


Dumiz qochqinlar lageri, Iroq
Dumiz qochqinlar lageri, Iroq
Suriya shimolidagi notinchliklar sabab minglab aholi qo’shni o’lka, Iroq Kurdistoniga qarab qochgan.

Olti mingdan oshiq odamning taqdiri haqida gap ketmoqda. Yana bir ming kishi chegarada yordam kutib o’tiribdi. Ko’pchiligi xotin-qizlar, bolalar va keksalar.

BMT ularga ko’mak ko’rsatish harakatida, ayniqsa oziq-ovqat va suv zarur.

Suriya shimolida urushayotganlar – mahalliy kurd jangarilari va prezident Bashar al-Assadning yonini olayotgan Jabhat al-Nusra guruhi. Bu to’da al-Qoidaning bir qismi sanaladi.

Iroqda o’tgan ikki yil ichida suriyalik qochqinlar soni 150 mingdan oshdi. Aksariyati mahalliy aholidan uzoqda, chodirlarda yashaydi.

Iroqda kuzatilgan so'nggi hujumlarda sunniylar nishonga olingan.

Bag'dodda qahvaxona portlatilgan. Olti kishi o'lgan, 20 dan ortiq odam jarohatlangan.

Sal o'tib esa bir masjid oldida bomba portlagan. Bir kishini hayotdan olib ketgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 17-avgust, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:55 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG