Breaking News

Suriyada jangarilar o'nlab askarni o'ldirdi


Al-Nusra fronti jangarisi
Al-Nusra fronti jangarisi

Al-Qoidaga aloqador jangarilar Suriyada 56 nafar askarni o'ldirgan.

Al Nusra fronti jangarilar Idlib viloyatidagi Abu Duhur harbiy havo bazasiga hujum qilib, harbiylarni qirgan, deya xabar beradi Britaniyada asoslangan, Suriyadagi ahvolni kuzatayotgan guruh.

Yana 40 askar asirga olingan va o'nlab nafari bedarak ketgan. Jangarilar internetga joylagan videoda ular bazani tintuv qilayotganini ko'rish mumkin.

Suriya davlat matbuoti baza qo'ldan ketganini tasdiqlagan.

Suriya shimoli-g'arbi may oyidan beri jangarilar qo'lida va ular hukumat uchun muhim sanalgan sohilbo'yi hududlarga yaqinlashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG