Breaking News

Bashar al-Assad shashtidan qaytmoqchi emas


Bashar al-Assad shashtidan qaytmoqchi emas
Bashar al-Assad shashtidan qaytmoqchi emas

Suriya faollarining aytishicha, prezident Bashar al-Assadning tarafdorlari Hama shahrida ikki odamni o'ldirib, to'rt kishiga jarohat yetkazgan.

Davlat rahbari esa isyonchilarga qarshi siyosatini himoya qilib, G'arb tanqidlariga e'tibor bermasligini aytgan.

BMTning Inson huquqlari kengashi bugun favqulodda majlis o'tkazib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilmoqda. Suriyada esa tashkilot gumanitar ahvol bo'yicha tergov olib bormoqda.

BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Navi Pillayning aytishicha, Suriyada tinch aholiga qarshi zulmni insoniyatga qarshi jinoyatga tenglashtirish mumkin.

Pillay Xavfsizlik Kengashidan ishni Xalqaro jinoiy sudga oshirishni so'ragan.

Prezident Assad besh oydan beri davom etayotgan isyon bostirilishiga oz qoldi deydi.

Assad, shuningdek, xorij davlatlari Suriyaga qarshi harbiy harakatlar haqida o'ylamasin, aks holda oqibati yomon bo'ladi, deydi.

AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa G'arb davlatlari Suriya rahbari ketishi kerak, deb keladi.

Turkiya Assadni zo'ravonliklarga chek qo'yishga chaqirib, Suriya rahbarining iste'fosi haqida gapirishga hali erta degan.

Bashar al-Assad mamlakatda islohotlar joriy etilayotganini aytib, yangi parlament saylovlari olti oydan so'ng o'tkazilishini bildirgan.

Kelasi bir necha kunda yangi partiyalarni tuzishga doir qonun loyihasi tayyor bo'ladi.

Unga ko'ra, yangi partiyaga asos solish uchun maxsus qo'mitaga murojaat etiladi va ariza 45 kun ichida ko'rib chiqiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG