Breaking News

Suriya muxolifati hukumat bilan muzokaralarga vakillarni tanlamoqda


Arxiv surat. Venadagi so'nggi muloqot paytida, 14-noyabr, 2015-yil
Arxiv surat. Venadagi so'nggi muloqot paytida, 14-noyabr, 2015-yil

Suriyadagi muxolif guruhlar xalqaro muzokaraga vakillarini tayinlash uchun Riyodda majlis qilmoqda. Saudiya Arabistoni uch kunlik muloqotni uyushtirgan. Suriya siyosiy kelajagi bo'yicha Venada o'tgan so'nggi ikki muloqot chog'ida qirollik tashqi ishlar vaziri ham qatnashgan.

Saudiya Arabistoni Suriya Prezidenti Bashar Assadning hokimiyatdan ketishi tarafdori. Qirollik unga qarshi kurashayotgan guruhlarni qo'llab-quvvatlab keladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriya hukumati va muxolifati vakillarini bir stol atrofida to'plab, siyosiy islohotlar, mamlakat siyosiy kelajagi bo'yicha kelishib olishini rejalamoqda. Muxolif guruhlar delegatsiya tarkibini aniqlash uchun Riyodda majlis qilmoqda.

“Qirollik barcha muxolif taraflarni birlashtiruvchi umumiy tamoyillarga kelishishga umid qilmoqda", - deydi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi.

Hukumat va muxolifat o'rtasidagi muzokaralar kelasi yil boshida o'tkazilishi rejalangan. Suriyalik kurdlar Riyoddagi majlisga taklif etilmaganini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG