Suriya tashqi ishlar vazirining aytishicha, uning davlati Jenevadagi tinchlik muloqotida qatnashishga tayyor.
Biroq tashqi aralashuv bo'lmasin, deydi vazir Valid Muallim. BMT Xavfsizlik Kengashi bir hafta oldin Suriyadagi urushni tugatishga doir xalqaro rejani ma'qullagan edi.
Muallim bu haqda Pekinda, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashuvdan so'ng gapirgan. Suriya vazirining aytishicha, muxolifatdan kim qatnashishi ayon bo'lgach, Suriya delegatsiyasi ham safarga chiqadi.
Suriyada qo'shma hukumat tuzishga erishamiz, degan umiddaman, deya qo'shadi u. Tashqi aralashuv bo'lmasin, deya nimani nazarda tutganini Valid Muallim izohlamadi.
Eslatish kerak, tinchlik rejasini ma'qullagan BMT Xavfsizlik Kengashiga Xitoy ham a'zo. Muzokaralar yanvarda boshlanishi kutilmoqda.
Amerika Davlat kotibi Jon Kerri xavfsizlik kengashi bu masalada erishgan yakdillikni olqishlamoqda. Suriyadagi urush 2011-yildan beri yarim million odamning boshini yedi.