Breaking News

Damashq yaqinida xavfsizlik idoralari portlatildi


Damashq
Damashq
Al-Qoidaga aloqador al-Nusra Fronti nomli guruh bugun Suriya poytaxti Damashq yaqinida harbiy obyektlarga qilingan hujumlar uning ishi ekanini bildirmoqda.

Ertalabga yaqin hududda razvedka idorasi yonida ikki mashina portlab, keyin otishma boshlanib ketgan.

Yuzlab fuqaro, xususan, zobitlar va mahbuslar jarohat olgani yoki o’lgani aytilmoqda. Isyonchilar taxminiga ko’ra, binoda yuzlab muxolifatchi saqlangan.

Al-Nusra Fronti idorada qo’zg’olonchilar qiynoqqa solingan, hujum esa qasos edi, deydi. Guruh avval ham Suriyada hukumat binolari va Assadga xayrixoh kuchlarni nishonga olgan.

Armiya esa isyonkor Hims shahrida katta tumanlar ustidan nazoratni qayta qo’lga olganini bildirmoqda.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun 19 oylik mojaroni tugatishga urinib, armiya va isyonchilarni murosaga chaqirishda davom etmoqda. U bugun prezident Bashar al-Assad ma’muriyatini tashabbus ko’rsatib, otishmani birinchi bo’lib to’xtatishga undadi.

Jahon ahli Suriya hukumati va muxolifatiga qurol uzatishni bas qilsin, deydi u. Mamlakatga qancha ko’p o’q-dori kirsa, xalq shuncha ko’p azob tortishi aniq, dedi Pan Gi Mun.

BMT bosh kotibi Fransiyada prezident Fransua Olland bilan ko’rishib, Suriyadagi urush, uning qo’shnilar va butun mintaqaga ta’siri haqida fikrlashib oldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG