Breaking News

Ittifoqchi kuchlar Raqqani qurshab oldi


Kurd jangchilari
Kurd jangchilari

Amerika qo'llab-quvvatlovini olgan Suriya isyonchi kuchlari Raqqa shahrida "Islomiy davlat" guruhini qurshab olgan. Ekstremistlar qochishi mumkin bo'lgan barcha yo'llar to'silgan.

Davlat departamentiga ko'ra, Raqqa ozod qilingani zahoti saylovlar o'tib, aholi tanlagan hukumat ishga tushishi nihoyatda muhim. Ammo Raqqa ozod qilingani bilan "Islomiy davlat" Suriyadan butunlay haydaldi degani emas.

Kurd va arab kuchlari Raqqani har yerdan qurshab olgan va qochishga yo'l yo'q.

"Jangchilar kayfiyati zo'r. Qo'limiz baland kelayapti", - deydi Abu Halil al-Raqqaviy, jangchilar komandiri.

Qo'shma Shtatlar nazarida Raqqa erkin bo'lgach, mahalliy rasmiylar xavfsizlik va boshqaruv uchun mas'uliyatni to'liq bo'yniga olishi kerak.

Suriya rahbari Bashar al-Assad Raqqani qo'lga olishni rejalayotgani haqida xabarlar bor.

"Bu xabarlar haqiqatdan yiroq degan umiddamiz", - deydi Davlat departamentidan Xezer Naert. "Qo'shma Shtatlar mazkur hududlarda tinchlik qaror topishini va suriyaliklar nihoyat uylariga qaytishini istaydi", - deydi u.

Biroq Assad uning rahbariyatiga qarshilik bildirgan hududlarni nazoratiga olsa, tinchlik qaror topishi mushkul bo'ladi. Assadni Rossiya va Eron kuchlari qo'llab-quvvatlamoqda.

Amerika boshliq kuchlar Suriyaning boshqa hududlarida ham "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashni davom ettirmoqchi. Lekin Suriya armiyasi bu amaliyotlarga halaqit berayotgani aytiladi.

Amerika polkovnigi Rayan Dilon o'rtada ziddiyat avj olmasligi uchun Rossiya bilan bu masalada biror reja ishlab chiqilsa ma'qul bo'lar edi, deydi.

Turkiya yana bir muammo. AQSh kurd jangchilarini qo'llab-quvvatlayotganidan Anqara juda norozi. Suriyadagi kurdlar Turkiyadagi kurdlar bilan birlashib, Tukiyada mustaqillik talab qiladi, deya xavotirda Anqara. Turkiya kurdlarni o'qqa tutishining oldini olish uchun AQSh Suriya-Turkiya chegarasiga askar jo'natgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG