Breaking News

Human Rights Watch: Tojikiston diniy partiyaga taqiqni bekor qilsin


Dushanbe, Tojikiston
Dushanbe, Tojikiston

Tojikiston hukumati Islom uyg'onish partiyasini yopish qarorini bekor qilsin, deya undamoqda Human Rights Watch, Xelsinki komissiyasi va Markaziy Osiyo inson huquqlari uyushmasi.

Rasmiy Dushanbe partiyani ta'qib qilish, a'zolarini tahqirlash odatini bas qilib, partiyalarning erkin faoliyat yuritishiga sharoit yaratsin, deydi ular.

28-avgust kuni Tojikiston Adliya vazirligi Islom uyg'onish partiyasi faoliyatini taqiqlagan, uning ishlarini noqonuniy deya tamg'alagan. Mamlakatda kattaligi jihatidan ikkinchi yirik partiya sanalgan Islom uyg'onish partiyasi 40 ming tarafdorga ega. Markaziy Osiyodagi yagona rasmiy diniy partiya edi.

Shu yilning mart oyida parlamentga saylovlardan Islom uyg'onish partiyasi siqib chiqarilgan edi. Saylovdan oldin davlat matbuoti partiyaga hujum qilib, a'zolarni ekstremizmga bog'lagan. Guruhning rahbari Muhiddin Kabiriy ta'qiblardan hayiqib iyun oyida xorijga chiqib ketishga majbur bo'lgan. Partiyaning ko'plab a'zolari ham Tojikistonni tark etishga qaror qilgan. Partiyaning vakillari jismoniy tazyiqlar bilan ham yuzlashmoqda.

Human Rights Watch nazarida Islom uyg'onish partiyasi taqiqlangani Tojikistonda huquqiy ahvolga nihoyatda katta zarbadir. Partiya 1997-yilda fuqarolar urushiga yakun yasagan, mashaqqat bilan erishilgan sulhning mevasi hisoblanadi. Uning yopilishi mamlakatda huquq, demokratiya va barqarorlikka ziyondir, deydi Xyu Vilyamson, Human Rights Watch rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG