Bir necha kun burun Tojikiston hukumatiga qarashli aloqa xizmati internetdagi yuzdan ziyod saytlarni “texnik” sabablarga ko’ra yopganini ma’lum qilgan edi.
Kuzatuvchilar nazarida rasmiy Dushanbe kelasi yilga belgilangan prezident saylovlari oldidan internetga to’siq qo’yish usullarini sinab ko’rmoqda. Ammo bugun ma’lum bo’lishicha, aloqa xizmati bu qarorini bekor qilgan va taqiqlangan saytlarga yana kirish mumkin.
Hukumatning internetni cheklashga qaratilgan chora-tadbirlarini mahalliy ziyolilar qanday baholaydi?
Internet tez rivojlanayotgan Tojikistonda shahar ko’chalaridagi internet kafelar gavjum.
Shunday nuqtalardan birida o’tirgan iqtisodchi Dilorom Sherdo’xt o’ziga zarur mavzu uchun axborot izlab internetga kirganini aytadi. Uning fikricha, internetga to’siq qo’yish bilan hukumat biror natijaga erisha olmaydi, balki bundan jamiyat zarar ko’radi.
Jurnalist Jo’ra Yusufiyga ko’ra esa, hukumatning XXI asrda bunday yo’l tutishi behuda ish.
“Chunki yoshlar, yangi avlod o’sha taqiqlangan saytlarga har qanday yo’l va vositalar bilan qo’shilishlari, kirib borishlari mumkin. Qandaydir maqsad bilan turlicha fikrlarni to’sish hech qachon yaxshi natija bermagan”, - deydi u.
Tojikistonda saytlarga to’siq qo’yilishini qo’llab-quvvatlaydiganlar ham bor. O’qituvchi Abdullohi Fozil zararli saytlarning ko’pligini aytadi. Ammo axborotga cheklov qo’yilgani yo’q, deydi u.
“Fikrimcha, internetda biror bir axborot uchun to’siq yo’q. Men hozircha bunaqasini uchratmadim. O’zimga zarur ma’lumotlarni har doim biror bir moneliksiz olaman. Meni allaqanday tarmoqlaru diniy markazlar, tashkilotlar yoki muxolifat qiziqtirmaydi. Ularning ishi buzg’unchilikdan boshqa narsa emas. Och qornim-tinch qulog’im degan gap bor”, - deydi mahalliy o’qituvchi.
“Facebook”, “Odnoklassniki”, “Twitter”, “Moy mir” kabi ijtimoiy tarmoqlarning doimiy foydalanuvchisi bo’lgan mahalliy yoshlar internetning cheklanishiga qarshi. Bu tarmoqlarda uch mingga yaqin do’st orttirgan mahalliy yoshlardan biri dunyoning 11 mamlakatida tanishlari borligini aytarkan, mamlakatdagi ayni sharoitdan noroziligini yashirmaydi.
“Biz davlatni to’ntarmoqchi emasmiz, lekin bugungi turmushimizni ham yaxshi deb bo’lmaydi. Istagan paytimda xohlagan odamim bilan gaplashishim mumkin, buning yo’llari ko’p. Hech bo’lmasa gaplashishga qo’yib berishsin, shunisi yetmay turuvdi endi”, - deydi u.
Jurnalist va ekspert Jo’ra Yusufiy ijtimoiy tarmoqlarga to’siq qo’yayotgan hukumatni bir tarafdan tushunish ham mumkindir, deydi.
“Facebook kabi ba’zi saytlarga to’siq qo’yilishi… ehtimol hukumat milliy manfaatlar himoyasi uchun bu ishga qo’l urar. Chunki ayrim boshqa mamlakatlarda ham shunday qilishmoqda. Ekstremistik, radikal qarashlar targ’ibotiga yo’l qo’ymaslik zarur, buni tushunaman, ayniqsa Tojikistonda”.
Shu bilan birga, Yusufiy internetga cheklov qo’yilishini oqlamasligini aytadi. Internet bu taraqqiyot degani, rivojlanish va yangilanishni esa to’xtatib bo’lmaydi, deydi u.
Mamlakatda to’silgani iddao etilgan saytlar ro’yxatidagi aksariyat nomlar ko’pchilikka tanish emas.