Tojikiston hukumati va xorijdagi muxolifat kuchlari orasida joriy, parlament va prezident saylovlari yilida axborot urushi shiddatli tus olmoqda. Mamlakat Prezidenti siyosiy raqibini davlat va millatga xiyonatda ayblab, 150 000 qurbonlar qoni ular boʻynida ekanligini taʼkidladi.
Muxolifat yetakchisi esa prezidentni poytaxtga pulemyot bilan kirib borib, koʻplab odamlarni oʻldirganlikda aybladi va fikrini Belarus prezidenti soʻzlari bilan asosladi. Prezident Aleksandr Lukashenko nima degan edi?
Tahlilchilar fikricha, na hukumat, na muxolifat xalqqa xolis axborot beradi - ikki tomon ham oʻz manfaati yoʻlida manipulyatsiya qilishni istaydi. Xalq kimga ishonishini esa vaqt koʻrsatadi.
Facebook Forum