Breaking News

Tojikiston qashshoq, arzon ishchi kuchi manbai bo'lib qolmoqda


Rasmiy manbalarga ko'ra, kamida bir million tojikistonlik Rossiyada mehnat qiladi, aksariyati zarur hujjatlarga ega emas
Rasmiy manbalarga ko'ra, kamida bir million tojikistonlik Rossiyada mehnat qiladi, aksariyati zarur hujjatlarga ega emas
Mustaqillikdan so’ng va ayniqsa fuqarolar urushi sabab Tojikiston sobiq sovet davlatlari orasida eng qashshog’iga aylanib qoldi.

Yana bir muammo – boy va kambag’allar o’rtasidagi farq shiddat bilan o’zgarmoqda.

Respublikada daromadli ish topolmayotganlar esa chet ellarga, ayniqsa Rossiya yoki Qozog’istonga ketadi. Rossiya hozir bu mehnat muhojirlari eng ko’p pul topadigan va ularning huquqlari eng ko’p toptaladigan mamlakat.

Vatanda ularga yuridik va ta’limiy yordam ko’rsatuvchi 130 dan ortiq nodavlat tashkilotlari mavjud lekin ahvol ilgarigidek ayanchli.

Tojikiston - arzon ishchi kuchi manbai - Ravshan Shams
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:20 0:00
Yuklab oling

Rasmiy manbalarga ko’ra, Tojikistondan chetga chiqib ish topayotganlar miqdori bir millonga yaqin. Aslida esa ular bundan ikki barobar ko’p ekani taxmin qilinadi.

Rossiyada mehnat qilayotganlarning aksari zarur hujjatlarga ega emas va shu bois ham ko’p hollarda ish haqlarini ololmay qoladi. Ba’zida oilalarga yillab pul jo’natmayotganlar haqida so’zlasalar, ayrimlar oyiga 1,5-2 ming dollardan jo’natayotganlarni misol keltirishadi, ammo bular juda kamchilikni tashkil etadi.

Tojikistondagi “Ayol va jamiyat” nodavlat tashkiloti rahbari Muyassara Boboxonova:

“Rossiyada, taxminimizcha, 2 million 200 mingdan ortiq tojikistonlik bor. Ular o’tgan 9 oyda vatanga jami 3 millard dollardan ortiq mablag’ yuborgan… Lekin bu pullar oson topilmagan. Yiliga Tojikistonga 400 dan ortiq muhojirning jasadi keladi. Bu degani har kuni bir xonadon aza ochmoqda. Muammolar juda katta va ko’p. Eng asosiysi mehnat muhojirlarining huquqsizligi. Ularga Rossiyada o’ta og’ir. Eng oddiy inson huquqlari ham poymol etilayotgan sharoitlarda mehnat qilishmoqda, buni so’z bilan ifodalab bo’lmaydu”.

Militsiya kapitani, Farrux ismli ofitserning aytishicha, huquqsizlikning asosiy sababi muhojirlarning o’zlaridadir. Ish beruvchi yoki migrantlarni ishga joylovchilar ko’p hollarda ularning hujjatlarini dastlabki kunlardanoq olib qo’yishadi, ularni mamlakatdan chiqarib yuborish yoki neofashistlar zug’umi bilan qo’rqitishadi.

“Bu odatiy holga aylangan, odamlarimiz o’zlarining elementar huquqlarini bilishmaydi, loaqal avval boshdanoq qanday yo’l tutish kerakligini o’ylashmaydi, Bu masalada davlat OAVlari katta ish olib borishlari zarur. Hozir muhojirlik xizmati o’z gazetasiga ega bo’lsa-da, bu kamlik qiladi. Davlat telekanallarida bu masalada haftalik, kerak bo’lsa kunlik ko’rsatuvlar tashkil etish lozim”.

Tojikistonda hozir biron oila yo’qki, undan biror kishi Rossiyaga ketmagan bo’lsa. Ko’plab qarindosh urug’lari u yerda bo’lgan 13 yoshli qizaloq Zulayho kattalardek mulohaza yuritadi, bu odatiy hol.

“Men kichkinalgimda dadam Rossiyga ketgandi, qarindoshlarimizdan tog’am, xolam, opam Rossiyada. Uch opam turmushga chiqdi. Dadam bazo’r pul yig’ib to’yga kelib ketdi. Hozir uyimiz sovuq, ko’mirga pulimiz yo’q, dirdirab o’tiribmiz. Buvam uyda bekorchi. Oldin qovun sotdi, bo’lmadi. Benzin sotdi, bo’lmadi. Eski bozorga chiqib o’zini shamollatib qo’ydi. Bilmayman endi nima bo’ladi”.

Ro’zg’orim deb ish izlab chiqib ketganlarning ko’pchiligi aldoqchilik qurboni bo’lishmoqda. Muyassara Boboxonovaning aytishicha, zamonaviy qullik asoratiga tushuvchilar hech nimaga umid qilisholmaydi.

“Hozir 46 kishini jabrdiyda sifatida aniq ro’yxatga oldik, ulardan 40 tasi quldek mehnatga jalb qilingan bo’lsa, oltitasini fohisha qilib ishlatishgan. Ruslar bizlarni kasallik manbai deb bilishgani aslida haqiqatdan yiroq bo’lib, aksincha, bizning odamlarimiz u tomondan sil, SPID kasalliklarini orttirib kelishmoqda”,- deydi nohukumat tashkilot rahbari.

Terapevt vrach Zokir Xushvaqtov fikricha, rus amaldorlarining tojik muhojirlarini turli yuqumli kasalliklar manbai hisoblashini asossiz.

“Rossiyada har 100 ming aholiga to’g’ri keladigan kasalliklar turi biz, Tojikistonga solistirilganda, u yerda ancha ziyod. Bu masalada rus amaldorlarining aytayotganlari uydirma gap. Lekin yoshlarimizning til bilmasligi, o’zga madaniyatni o’zlashtira olmasligi bizni xijolat qiladi”.

Tojikiston ishchi kuchi manbaiga aylanar ekan, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan fuqarolar, hukumat ta’lim sifatiga e’tiborni oshirib, nafaqat oliy ma’lumot beradigan balki kasb-hunar o’rgatadigan bilim yurtlarini ko’paytirishi, malakali mutaxassislar yetishtirish uchun jiddiy qadamlar tashlashi lozim.

Moskva
Moskva
Dushanbe
Dushanbe
XS
SM
MD
LG