Breaking News

Tojikistonda qahraton qish, fotolavha


So'g'dning tog' etagi qishlqolariga eltuvchi yo'llar qish faslida mana shunday qo'r orasidan o'tadi va havo iligan chog'da ko'chki nihoyatda xavfli
So'g'dning tog' etagi qishlqolariga eltuvchi yo'llar qish faslida mana shunday qo'r orasidan o'tadi va havo iligan chog'da ko'chki nihoyatda xavfli
Tojikistonda qish aholi uchun sinov. Chiroqsizlik, uzoq sovuq tunlar ko’pchilkning joniga tekkan.

Asrlardan beri odamlar joniga oziq bo’lib kelayotgan chorva tezagi asosiy isitish manbai.

Qishloq joylarida sutkasiga atigi 4-5 soatdan elektr toki beriladi xolos. Holbuki, hukumat qaroriga ko’ra, elektr energiyasi uchun limit nohiyalarga sutkasiga 14 soatdan deb belgilab qo’yilgan.

Tojikistonda yirik tabiiy ko’mir konlari bo’lsada, ulardan foydalanish juda orqada qolgan. Konlar tog’larda joylashgan va ulardan foydalanish juda mushkul.

Ilgari qish uchun aholi tonnalab ko’mir olgan bo’lsa, hozir uni qoplab va kilogrammlab olish odat tusiga kirgan.

Hatto shahar ko’chalarida ham ko’mir qopda sotiladi. Uning bir qopi 15 dollar atrofida.

Umumiy isitish tizimi ertakka aylanib qolganiga ancha yillar bo’lgan.

Nohiya va qishloqlardan farqli ravishda shaharlarda elektr energiyasiga limit joriy etilmagan.

Uch yil oldingi qahraton qishda odamlarning sovuqdan halok bo’lgani qayd etilavergach hukumat shaharlarni elektr bilan to’la ta’minlashga o’tdi.

Ammo ko’p xonali temir-beton uylarni isitishni o’zi bo’lmaydi, xonadon ahli bir katalakda jon saqlashga majbur.

Hukumat qaroriga ko’ra, kasalxona va maktablar qish mavsumiga yetarlicha yoqilg’i bilan ta’minlanishi kerak.

Lekin bu faqat qog'ozda. Aslida bu qarorlar aksariyat hollarda ijro etilmagani sabab maktab va kasalxonalarda issiqlikni tejash uchun derazalar polietilen plyonkalar bilan qoplanadi.

Bu esa havo almashishiga to’sqinlik qilgani va ko’mir sifatining pastligi sabab ayrim nohiyalarda o’quvchilarning is gazi bilan zaharlanishiga olib kelmoqda.

Respublikaning tog’li qishloqlari qor tushishi bilan katta dunyodan ajralib qoladi. Qor bosgan to’g yo’llari deyarli berkiladi.

Ishonish qiyin, lekin bu mamlakatda qish vaqtida odamlar uylaridan faqat chorvasiga oziqa berish uchungina chiqadigan qishloqlar bor.

“Dunyo tomi” deb atalgan Pomir tog’laridagi ba’zi qishloqlarda odamlar 3-4 oylab hech qayerga chiqa olmaydi.

Lekin qanday sharoit bo’lmasin, hayot davom etadi va qishning ziynati hayot tashvishlaridan uzoqda bo’lgan bolajonlarga zavq bag’ishlaydi.

Chanada uchish, qorbobo yasash va tepaliklardan sirpanib uchish ularning ermagi bo’lib qolgan.

Har qanday sharoitga qaramay yangi yil oldidan maktab va bolalar bog’chalarida bayram kechalari o’tkazilmoqda.

Ba’zi mutaasiblar archa bayrami biz uchun begona, yangi yilni Navo’zda kutib olish joiz desalarda, melodiy yangi yil - katta tantana.

Har doimgidek yangi yil oldidan bozor rastalari sovg’a-salomlarga to’lib ketadi. Mahsulotlar bir nech barobar qimmatlashib ketsada bayram oldi savdosi qizib boraveradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG