Tolibon Hilmand viloyatida Britaniya va AQSh qo’shinlari joylashgan harbiy bazaga hujum uyushtirganini tan olmoqda. Ikki amerikalik askar halok bo’lgan.
Bazada Britaniya shahzodasi Garri ham xizmat qiladi, vertolyot uchuvchisi.
Xuruj olishuvga aylangan, 18 jangari o’ldirilgan, bir necha harbiy jarohatlangan.
Tolibon shahzoda Garrini o’ldirish niyatida ekanini aytib keladi. Kecha tunda yuz bergan hujumda unga shikast yetmagan.
Hilmandda juma kuni katta yo’lda bomba portlab, 12 kishi nobud bo’lgan, ayollar va bolalar.
Afg’onistonda maxfiy xizmat boshlig’i lavozimiga tasdiqlangan Asadulla Xolid qiynoqlar ortida turgan shaxs sifatida ko’riladi. Inson huquqlari tashkilotlari qarorni qoralab, hukumatni boshqa odamni tayinlashga undamoqda.
Mamlakat parlamenti bugun uning nomzodini ma’qulladi.
Asadulla Xolid ayni damda chegara va qabilaviy masalalar bo’yicha vazir, shuningdek, sobiq hokim.