Breaking News

AQSh Qatardan besh tolibga qo'yilgan cheklovlarni uzaytirishni so'radi


Besh tolib 2014-yilda Afg'onistonda Tolibon qo'lida besh yil saqlangan amerikalik askar Bou Bergdal ozodligi evaziga qo'yib yuborilgan edi
Besh tolib 2014-yilda Afg'onistonda Tolibon qo'lida besh yil saqlangan amerikalik askar Bou Bergdal ozodligi evaziga qo'yib yuborilgan edi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennanning aytishicha, Qatar o'tgan yili AQShning Guantanamo qamoqxonasidan ozod etilgan Tolibonning besh yetakchi a'zosiga harakatlanishga doir qo'yilgan cheklovlarni uzaytirishga va sobiq mahbuslarni nazorat etishda davom etishga rozi bo'ldi.

Toliblar asirlikdagi amerikalik askar Bou Bergdalga ayirboshlangan edi.

2014-yil mayida besh tolibga nisbatan bir yillik cheklovlar qo'yilgan. Cheklov muddati bugun tugagan, ammo Qo'shma Shtatlar Qatardan ularni vaqtincha uzaytirishni iltimos qilgani ma'lum. Guantanamodan so'ng Qatar ularni qabul qilishga rozi bo'lgan edi.

Brenanning aytishicha, ularning barchasi afg'on fuqarolari.

"Ularning Afg'onistonga vaqtincha qaytmasligini so'raganmiz", - dedi u.

Serjant Bergdal besh yil Tolibon qo'lida saqlangan. U harbiy postni tashlab ketganida qo'lga olingan edi. AQSh sudi uni dezertirlikda ayblamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG