Breaking News

Tailand qiroli armiya tarafida


Armiya shu hafta to’ntarish sodir etgan, general Prayut Chan-ocha qiroldan oq fotiha olgan edik, demoqda.

Tailand qiroli davlatning jilovini harbiylarga topshirganini aytmoqda. Armiya shu hafta to’ntarish sodir etgan, general Prayut Chan-ocha qiroldan oq fotiha olgan edik, demoqda.

Siyosiy to’polon va namoyishlar davom etsa kuch ishlatishga majbur bo’lamiz, deydi general. Tailand bo’ylab kecha askarlar va namoyishchilar o’rtasida olishuvlar ro’y bergan edi. Mamlakat olti oydan beri g’alayonlar girdobida.

Shuningdek, armiya kecha sobiq bosh vazira Yinlak Shinavatrani hibsdan qo’yib yuborgan.

Muxolifat rahbari, mamlakatda isyon ko’targanlik aybi bilan ushlangan Sutxep Taugsuban ham ozodlikka chiqqan.

Armiya o’tgan juma bu ikki siyosatchidan tashqari yana o’nlab shaxsni qamoqqa olgan edi. Qurolli kuchlar rahbari, general Prayut o’zini bosh vazir deb e’lon qilib, senatni tarqatib yuborgan. Jamoat tartibini tiklash va siyosiy islohotlar o’tkazish uchun zarur bu, deydi u.

Harbiy to’ntarish xalqaro jamoatchilik tomonidan qoralanayapti. Qo’shma Shtatlar bu davlat bilan rejalangan harbiy mashqlarni va o’zaro tashriflarni bekor qildi.
Bankok, 26-may, 2014-yil.
Bankok, 26-may, 2014-yil.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG