Breaking News

Yurakka tig' tekkizmasdan operatsiya qilish mumkin


Salomatlik: 3D Yuraklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

Texnologiya jismoniy mehnat jabhalaridan ongli faoliyat sohalariga ko’chib ulgurdi. Tibbiyot xodimlari ham undan jiddiy operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanmoqda. Shifokorlar 3D printerlari ko’magida muolajadan oldin yurak modelini yaratishi, uni batafsil o’rganishi mumkin.

Vashington universiteti jarrohlari yurakka tig’ tekkizmasdan operatsiya qiladi. Jarrohlar tanaga rezina naychalar kirgizish orqali muolajani amalga oshiradi. Doktor Mark Reysman 3D printerlaridan olingan yurak modeli asosida ishlaydi.

“3D printeridan chiqqan suratlarda har bir yurakning individual tuzilishi ko’rinadi. Anatomik xususiyatlar, yurakning boshqa organlar bilan bog’lanish strukturasini oldindan o’rganish mumkin”, - deydi doktor Mark Reysmen.

Dmitriy Levin ultratovush sxemalarini printerga joylaydi, printer esa yurak modelini yaratadi.

“3D printerning afzalligi - ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtini tejashdan iborat. Bemorlar yurak modelini yaratishga bir necha kun ketsa, printer bir necha soatlarda tayyorlab beradi”, - deydi u.

Doktor Reysmenda jarrohlikka bunday tayyorgarlik ko’rish imkoni bo’lmagan.

“Muolajadan oldin repetitsiya qilganday imkoniyat. Model orqali yurak bo’lmachalari, strukturasi bilan tanishaman, tajriba oshiraman. Bemorni muolajaga olib kelishganda yurak strukturasi bilan tanishligim jiddiy ustunlik beradi”, - deydi u.

Hozirda yurak operatsiyalarini ochiq jarrohlik usulidan ko’ra naychalar orqali muolaja bilan amalga oshirish ommalashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG