Breaking News

Tillerson: Shimoliy Koreyaga nisbatan sabr qilish siyosati tugadi


AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson (chapda) Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Yun Byonse bilan, Seul, 17-mart, 2017-yil.
AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson (chapda) Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Yun Byonse bilan, Seul, 17-mart, 2017-yil.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning aytishicha, Amerikaning Shimoliy Koreyaga nisbatan sabr qilish siyosati tugadi. Bundan buyon Pxenyanga qarshi harbiy chora ko'rish masalasi ham hisobga olinadi, dedi u Janubiy Koreyaga qilgan tashrifi davomida.

"Shimoliy Koreya iqtisodiy jihatdan farovon va xavfsiz kelajak qurishning yagona yo'li yadro qurollari, ballistik raketalar hamda boshqa ommaviy qirg'in qurollaridan voz kechish ekanini tushunishi kerak", - dedi u.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Yun Byonse bilan uchrashuvda Tillerson Shimoliy Koreyaga qarshi "to'liq imkoniyatlar" ishga solinishini aytgan.

AQShning yetakchi diplomati Seulga kelishi oldidan Yaponiyaga ham borgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG