Breaking News

AQSh davlat kotibi siyosiy beqaror Janubiy Koreyaga bormoqda


AQSh-Janubiy Koreya aloqalari kelajagi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

AQShning yangi Davlat kotibi Reks Tillerson shu hafta Janubiy Koreyaga tashrif buyurmoqda. Ikki mamlakatda ro'y bergan siyosiy o'zgarishlar aloqalarni chigallashtirishi mumkin, deydi ayrim kuzatuvchilar.

Prezident Pak Gin Xening impichment qilinishi ortidan Janubiy Koreya siyosiy bo'hronga yuz tutdi. Davlat rahbari bir necha million dollarlik korrupsiyaga aloqadorlikda ayblandi.

Shimoliy Koreya masalasida AQSh bilan u qadar hamfikr bo'lmagan liberal muxolifat bo'lajak prezidentlik saylovida g'alaba qozonishi mumkin.

Ammo AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson shu hafta Janubiy Koreyadagi Amerika askarlari bilan uchrashganda bunday siyosiy tarqoqlik bilan to'qnashmaydi. Shimoliy Koreyaga qarshi mudofaa mashqlarida qatnashayotgan ikki davlat harbiylari AQSh diplomatini birdamlik bilan kutib olishi kutilyapti.

Agar AQSh avianosetsi suverenitetiga tahdid solsa, Pxenyan "shafqatsiz raketa hujumlari" bilan javob qaytarishi haqida ogohlantirgan.

Tillerson prezident vazifasini bajaruvchi Xvan Gyoan va Tashqi ishlar vaziri Yun Byonse bilan uchrashganda, Shimoliy Koreya bo'yicha AQSh siyosatini qo'llab-quvvatlovchi iliq so'zlar yangraydi. Har ikki tomonning konservativ arboblari Pxenyanga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish tarafdori.

Ayni paytda Shimoliy Koreya tahdidiga qarshi mamlakatda THAAD mudofaa tizimi o'rnatilmoqda.

Ko'plab konservativ doiralar fikricha, Shimoliy Koreya hech qachon yadro dasturini to'xtatmaydi. Pxenyanning Londondagi sobiq diplomati, Janubiy Koreyadan boshpana olgan Tay Yen Xo ham shunday fikrda.

"Shimoliy Koreyaning yadro dasturini to'xtatishning yagona yo'li Kim Chen Unni yo'q qilishda", - deydi u.

Koreya Demokratik partiyasidan prezidentlik uchun nomzod Mun Jay-In esa Kim hukumati bilan ziddiyatga kirishmay, kelishuv yo'llarini qidirish kerak, deydi.

"Kim Chen Un Shimoliy Koreyaning rahbari ekanini inkor eta olmaymiz. Bu davlatga bosim yoki sanksiya qo'yamizmi yoki muloqot olib boramizmi, Kim Chen Unni qarshi taraf sifatida qabul qilishimiz kerak", - deydi u.

O'tmishda iqtisodiy munosabatlar yadro dasturini to'xtata olmagan bo'lsa ham, uning ishini sekinlashtirgan. Shunday ekan, deydi muloqot tarafdorlari, yana bir bor urinib ko'rish kerak.

Amerika taqdim etgan mudofaa tizimini istamayotgan janubiy koreyaliklar ham bor. Ularga ko'ra, bundan keskin norozi Xitoy Seulga qarshi iqtisodiy jazo choralarini qo'llashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG