Breaking News

Donald Trampga to'rtinchi ayblov qo'yilishi kutilmoqda. Bu gal Jorjiyada


AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga Nyu-York, Mayami va Vashingtonda ayblovlar qo’yilishi ketidan Jorjiya shtatida Trampni 2020-yil prezident sayloviga aralashganlikda ayblayotgan mahalliy prokuror qo’lidagi dalillarni shu hafta katta sud hay’atiga topshirishi kutilmoqda.

Xalqaro hayot - 14-avgust, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:29 0:00

AQSh janubidagi shtatning Fulton grafligida sud binosi atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Prokuror Feni Uillisning aytishicha, Tramp saylov natijalarini o’zgartirish maqsadida shtat rasmiylariga bosim qo’ygan.

Sobiq rahbarga ko’ra, uning raqiblari bu kabi ayblovlar orqali bosim qo’yib, hozirgi saylov kampaniyasini izdan chiqarmoqchi, uning obro’sini tushirmoqchi.

2020-yil prezident saylovi paytida Jorjiyada berilgan ovozlarni takror hisoblashda qatnashgan mahalliy saylov komissiyasining a’zosi Gabriel Sterling sudga guvoh sifatida chaqirtirilishi mumkin.

“Byulletenlarni uch marotaba hisobladik. Tramp shtatda mag’lub bo’ldi, ammo yutganini da’vo qilishda davom etyapti. Bu ko’plab ziddiyatlar va tartibsizliklar keltirib chiqaryapti”, - deydi u.

Trampga ayblov qo’yiladigan kuni ba’zilar zo’ravonliklar ehtimolidan xavotir olmoqda.

“Shunday bo’lsa ham, bunga fitnachilar emas, balki ushbu jarayondan radikallashgan va ehtimolan aqldan ozgan bitta odam qo’l urishi mumkin”, - deydi Sterling.

2024-yilgi prezident saylovi uchun respublikachilardan nomzodini qo’ygan Kris Kristining aytishicha, agar Trampga Jorjiyada ham ayblov qo’yilsa, unga saylovda ovoz bermoqchi bo’lgan fuqarolar Trampning imkoniyatlarini qaytadan baholashi zarur.

“Respublikachi saylovchilar o’zlariga ikkita savolni berishi kerak. Birinchisi, to’rtta har xil ish bo’yicha ayblanayotgan odamga ovoz berish to’g’rimi? Ikkinchisi esa shuncha ishlarni qilib qo’ygan odam 2024-yil noyabrida Jo Bayden yoki demokratlardan boshqa nomzodni mag’lub eta oladimi?” – deydi Nyu-Jersi shtatining sobiq gubernatori.

Prezident Bayden ham tergov ostida - maxfiy hujjatlarni uyda saqlagani uchun. Bundan tashqari o’g’li Xanter Baydenning xorijdagi shubhali bizneslarini tergov qilish uchun o’tgan hafta maxsus prokuror tayinlandi.

“Bu yigitning giyohvandlikka moyil bo’lgani, ko’p noqonuniy va noto’g’ri ishlar qilgani hammamizga oydin. Sud tizimi o’z ishini bajarsin deb kelamiz”, - deydi AQSh Vakillar palatasining demokrat vakili Jeymi Raskin.

Tramp nazarida, Prezident Bayden Adliya vazirligi orqali o’g’liga yordam berishga harakat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG