Breaking News

Tramp: Shimoliy Koreya bilan muvaffaqiyatli muloqot qilishimiz mumkin


AQSh Janubiy va Shimoliy Koreya rahbarlari o'rtasida o'tishi kutilayotgan sammitni olqishlamoqda. 27-aprelga rejalangan ushbu anjuman ketidan Prezident Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Un o'rtasida ham uchrashuv bo'lishi ko'zlangan. Muloqot Pxenyanni yadro qurolidan voz kechtirish yo'lida muhim qadam bo'lishi umid qilinmoqda.

Prezident Donald Tramp kutilmaganda Janubiy Koreya bilan bir kun oldin erishilgan erkin savdo bitimini to'xtatib turishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Shimoliy Koreya bilan yadro dasturi yuzasidan kelshuvga erishilmaguncha kelishuv ortga surilishi mumkin, dedi Tramp. U hanuz Kim Chen Un bilan uchrashuv muvaffaqiyatli o'tishidan umidvor.

"Shimoliy Koreya bilan juda yaxshi ketyapmiz. Ko'ramiz, nima bo'ladi. Da'vatlar biroz tinchigani aniq, shunday emasmi?" - dedi Tramp.

AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Xezer Noyertning aytishicha, Kimning Xitoyga qilgan maxfiy safari Kim-Tramp sammitining muvaffaqiyatli chiqishiga umidlarni oshirgan.

"Davlat departamenti bu uchrashuvni rejalayapti. To'liq va yaxshi umid bilan tayyorlanyapmiz. Bu uchrashuv mavzusi va ularning muhokamalari mavzusi bo'yicha Koreya respublikasi bilan ko'p gaplashdik. Umuman olganda, bosim ko'rsatish kampaniyasi ish beryapti", - dedi u.

Ayrim tahlilchilar fikricha, Kim nazaridagi yadrodan holi bo'lish tushunchasi AQSh talqinidan farq qilishi mumkin. Shu bois oldindan maqsaq va umidlar aniq qilib olinishi kerak, deydi Karnegi jamg'armasi tahlilchisi Duglas Pal.

"Sammitdan kutilayotgan umidlar rejalash paytida hisobga olinishi kerak. Toki prezident oldindan falokatli tugashi aniq bo'lgan uchrashuvga bormasin. Uchrashuvdan maqsadlar bir-biridan ayri bo'lmasligi lozim", - deydi tahlilchi.

Anjuman bo'yicha xavotirlar ko'p bo'lishiga qaramay, deydi BMTning siyosiy masalalar bo'yicha yetakchisi Jefri Feltmen, vaziyat bir necha oy oldingi ziddiyatlarga qaraganda ancha yaxshi.

"Oxirgi sinovlar o'tkazilganiga to'rt oy bo'ldi. Bu yadrodan xoli bo'lishni anglatmaydi, lekin qanday natija bilan tugashi noma'lum bo'lgan ziddiyatlar katta tezlikda kuchayib borgandan ko'ra tomonlar turli darajada birga bo'lish haqida gaplashayotgani yaxshi. Maqsad BMT Xavfsizlik kengashining yadrosizlanishga oid chaqirig'iga mos yechim bor-yo'qligini ko'rish", - deydi u.

Fetlmenning umid qilishicha, bo'lajak anjumanlar mintaqani yadrodan xoli hududga aylantirish yo'lidagi uzun jarayonning boshlanishidir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG