Breaking News

Ukraina va Boltiqbo'yi davlatlari Tramp quvvatloviga umidvor


Rossiyaga qo'shni davlatlar Tramp quvvatloviga umidvor
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:23 0:00

Rossiyaga qo’shni davlatlar Donald Trampni AQSh prezidenti etib saylangani bilan qutlab, uning quvvatloviga umid qilmoqda. Saylov kampaniyasida Tramp NATO a’zolari, xususan Boltiqbo’yi va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o’zlarini har qanday tahdiddan himoya qila olishi va kerak bo’lsa, Rossiyaga qarshi ham tura olishi kerak, degan gaplarni aytgan.

Boltiqbo’yi davlatlarini o’ylantirayotgan eng muhim savol: AQSh va Rossiya Prezident Tramp bilan qanchalik yaqinlashadi?

“AQSh va Yevropa ittifoqchiligi qanchalik mustahkam bo’lsa, atrofdagi davlatlar ham shunchalik xavfsiz”, - deydi Daliya Griboskayte, Litva rahbari.

Rossiya 2014-yilda Qrim yarimorolini Ukrainadan tortib oldi. Bu mamlakat sharqida Kiyevga qarshi kuchlarni quvvatlay boshladi.

“Rossiyaning g’arbiy qo’shnilari AQSh ularni quvvatlashda davom etishini xohlaydi. Vashingtonga tayana olishi kerak. Hozir hamma xavotirda. Amerikadan har narsa kutish mumkin”,- deydi Viktor Kremenyuk, rossiyalik akademik.

Obama ma’muriyati NATO kuchli blok sifatida qolishini ta’minlashga harakat qildi. Tramp fikricha esa NATO AQShning boqimandasi bo’lmasligi kerak.

“Saylov kampaniyasida Tramp ko’plab masalalar xususida ko’p gapirdi. Lekin bu saylovoldi gaplar. Endi mana saylandi. Bundan buyon nima deydi – shunisi muhim”, - deydi Raymonds Beyonis, Latviya rahbari.

Ukraina rahbari Petro Poroshenko nazarida AQSh uning davlatini quvvatlashda davom etadi chunki buning ahamiyatini tushunadi.

“Biz Rossiya agressiyasiga qarshi kurashayapmiz. Erkinlik, demokratiya, suverenitet va hududiy yaxlitlik uchun kurashayapmiz. AQSh bu borada biz bilan hamnafas va bizning suyangan tog’imiz, sherigimiz”, - deydi u.

Tramp NATOga nisbatan qanday munosabatda bo’ladi? Hozircha mavhum. Lekin NATO Rossiyaga nisbatan eng asosiy kuch. Bu aniq.

“Yevropaga muvozanat kerak. Rossiya masalasi va u bilan shug’ullanish o’ta muhim. Unga ko’z yuma olmaysiz”., - deydi akademik Kremenyuk.

Biroq Rossiya bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etish faqat Amerikaga bog’liq ish emas.

“Tramp avvalo Kongress bilan til topisha olishi kerak. Kongressda Rossiyaga nisbatan nafrat kuchli. Qonunchilar keskin qarshi”, - deydi Masha Lipman, rus siyosatshunosi.

Rossiyaning o’zi AQSh bilan til topishishga qanchalik harakat qiladi? Shartlar nima? O’zaro manfaat nima? Gap mana shular yuzasidan kelisha olishda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG