Breaking News

Tramp Oliy suddagi bo'sh o'ringa Nil Gorsuchni tanladi


"Nil Gorsuchni tanlar ekanman, Amerika xalqiga bergan va'damni bajarayapman", - dedi Tramp.
"Nil Gorsuchni tanlar ekanman, Amerika xalqiga bergan va'damni bajarayapman", - dedi Tramp.

Prezident Tramp Oliy suddagi bo'sh o'ringa konservativ sudya Nil Gorsuchni taklif qildi.

"Nil Gorsuchni tanlar ekanman, Amerika xalqiga bergan va'damni bajarayapman", - dedi Tramp.

Gorsuch Kolumbiya, Garvard va Oksford universitetlari bitiruvchisi, 49 yoshdagi konservativ sudya.

Trampning aytishicha, mamlakat mudofaasidan keyin eng muhim qaror - aynan prezident Oliy sud sudyasini tanlay olishishidir. Sudya, yoshiga qarab, 50 yil davomida faoliyat ko'rsatishi mumkin va uning qarorlari asrlar osha kuchda qoladi, deydi prezident.

"Bu mo'tabar dargohda turar ekanman, o'zimning kamchiliklarimni tan olaman", - deydi Nil Gorsuch. "Shu bilan birga, nomzodim tasdiqlansa, Konstitutsiya va bu yurt qonunlariga sodiq xizmat qilishga va'da beraman", - dedi u.

Gorsuch o'tgan yilning fevralida sudya Antonin Skaliya vafotidan keyin bo'sh qolgan o'ringa o'tirishi kerak bo'ladi. Respublikachilarga uning nomzodi ma'qul, demokratlar orasida esa shubha-gumonlar yo'q emas.

Sobiq rahbar Barak Obama Skaliyaning o'limidan keyin sudya Merrik Garlandni bu o'ringa taklif qilgan edi. Biroq Senatdagi respublikachilar prezident saylovlari yaqinligini sabab qilib, uning nomzodini ko'rib chiqishdan bosh tortgan. Gorsuchning nomzodidan norozilar nima deydi?

"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan namoyishchi nazarida Nil Gorsuch siyosatni mamlakat va xalqdan ustun qo'yadigan bir shaxs. Qudratli shaxslar va korporatsiyalarni Amerika xalqidan afzal biladigan bir arbob. Oliy sudya xolis va adolatli bir odam bo'lishi kerak, deydi u.

Gorsuch Senatda demokratlar tomonidan bir necha oy qattiq so'roq qilinishi kutilmoqda. Uning abort, immigratsiya, qochqinlar kabi masalalarda qarashlari sinovdan o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG