Breaking News

Annahda partiyasi diniy va siyosiy faoliyatini bir-biridan ajratdi


Tunisda islomiy partiya o'zgarmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00

Tunisning mo'tadil Annahda islomiy partiyasi diniy va siyosiy faoliyatini bir-biridan ajratishga qaror qildi. Bu o'zgarish nafaqat partiya hayotida, balki inqilobdan so'ng siyosiy beqarorliklarga guvoh bo'lgan Shimoliy Afrika davlati tarixida ham katta burilish bo'lishi mumkin. Partiya ayni paytda koalitsion hukumat a'zosi hisoblanadi.

Partiya Tunisning Hammamet kurort shahrida anjuman o'tkazdi.

Nafaqat yutuqlarni nishonlash, balki mo'tadil islomiy partiya kelajagini belgilash uchun muhim fursat bo'ldi bu.

"Annahda islomiy kelib chiqishga ega fuqarolik partiyasi hisoblanadi. Demokratik davlatdagi boshqa har qanday siyosiy partiya kabi", - deydi partiyaning tashqi ishlarga mas'ul rasmiysi Rafiq Abdusalom.

Yangi o'zgarishga ko'ra, saylangan partiya vakillari endi diniy va davlat lavozimlariga bir paytda ega bo'la olmaydi. Partiyaning Abdusalom kabi yetakchilari Annahda bundan buyon iqtisodiyotni yaxshilash va ishsizlikni kamaytirish kabi muhim masalalarga e'tibor qaratishini aytadi.

Bu ko'plab tunisliklarga ma'qul. Hatto partiyani yoqtirmaydiganlarga ham.

"Annahda yaxshi ishlarni qiladi, Tunis va tunisliklarni o'ylaydi, deb umid qilamiz. Mamlakat uchun ishlaydigan odam kerak bizga", - deydi G'ozi Belrajab ismli ishsiz fuqaro.

Kasaba uyushmasi yetakchisi, Tinchlik uchun Nobel mukofotining o'tgan yilgi sovrindorlaridan biri Vided Bushemavi ham o'zgarishlardan umidvor.

"Din va siyosatni bir-biridan ajratishimiz kerak. Chunki boshqa davlatlarga o'xshashimiz kerak. Ayni paytda o'z dinimizdan faxrlanishimiz kerak", - deydi u.

Iqtisodiy muammolarni hal qila olmagani yoki radikal guruhlarga qarshi keskin choralar ko'rmagani uchun ayrimlar Annahdaga ishonmaydi.

"Annahda eskirgan, kelajak haqida o'ylamaydi", - deydi Ahlam ismli fuqaro.

Demak, partiya oldida ko'plab tunisliklarni o'z yo'liga ishontira olish vazifasi turibdi. Shundagina haqiqiy demokratik partiya ekanini ko'rsata oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG