Breaking News

Turkiyadagi xurujda ikki politsiyachi o'lgan


Xuruj sodir bo'lgan joy, Gaziantep, Turkiya, 1-may, 2016-yil
Xuruj sodir bo'lgan joy, Gaziantep, Turkiya, 1-may, 2016-yil

Turkiya janubi-g'arbidagi Gaziantep shahrida mashinaga o'rnatilgan bomba politsiya mahkamasi yonida portlashi oqibatida ikki politsiyachi o'lgan, 22 odam jarohat olgan.

Turkiya matbuotining Gaziantep viloyati hokimi Ali Yerliqoyadan iqtibos keltirishicha, yaralanganlarning aksariyati posbonlar.

Gaziantep Turkiyaning oltinchi yirik shahri, aholisi 1,5 million odamdan iborat, Suriyaning "Islomiy davlat" jangari guruhi nazoratidagi hududidan 55 kilometr narida joylashgan. Shaharda ko'plab suriyalik qochqinlar yashaydi.

Xuruj ortida kim turgani ma'lum emas, biroq jihodchilar yil boshidan beri Istanbulda ikkita o'xshash xurujni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG