Breaking News

Turkiyada yirik poraxo'rlik tergov ostida, vazirlar almashdi


Parlamentda janjal. Anqara, 20-dekabr, 2013-yil.
Parlamentda janjal. Anqara, 20-dekabr, 2013-yil.
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdog’an 10 vazirni yangiladi. Xususan, Yevropa ittifoqiga a'zolik uchun mas’ul mulozim va adliya vaziri o’zgarmoqda.

Hafta boshida mamlakatda uch vazir, farzandlari poraxo’r ekani haqidagi da’volar ketidan ishdan ketgan edi. Bu vazirlar orasida ichki ishlar uchun javobgar Muammar Guler ham bor. Uning ikki o’g’li ayni damda korrupsiya gumoni bilan tergov ostida.

12 yil emin-erkin hukmronlik qilgan, biroq hozir siyosiy inqiroz bilan yuzlashayotgan bosh vazir Rajab Toyip Erdog’an uchun bu jiddiy sinov.

Vazirlarning ishdan olinishi qator shaharlarda norozilik namoyishlariga turtki bergan. Bu fuqarolar nazarida Erdog’an avtoritar boshqaruvni qurol qilib olgan.

Mamlakatni titratgan korrupsiya ishi ortida, Erdog’an nazarida, uning raqiblari, xorijdagi kuchlar turibdi. Tergov natijasida hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasiga yaqin o’nlab odamlar yulg’ichlik va mansabni suiiste’mol qilganlikda ayblanib qamoqqa olindi.

Bundan norozi bosh vazir butun adliya va ichki ishlar tizimidan shubha qilib, o’nlab politsiyachilarni ishdan bo’shatib yubordi.

Tahlilchilarning aytishicha, Turkiya adliya va politsiya tizimlarida AQShda asoslangan diniy yetakchi, bir paytlar Erdog’anning ittifoqchi bo’lgan Fathulla Gulenga sodiq kishilar ko’pchilik.

Eslatish joiz, iyun oyidagi namoyishlar ortidan bosh vazir xalq va jahon jamoatchiligidan tanqidga qolgan edi. Holbuki, xizmat muddati tugab borayotgan Erdog’an kelasi yil prezident saylovlarida qatnashishni niyat qilib yuribdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG