Turkiya va Suriya chegarasi yaqinida yuz bergan portlashda bir politsiyachi va ikki oddiy fuqaro halok bo'lgan. Bomba o'rnatilgan mashina politsiya idorasi oldida portlagan.
Jarohatlanganlar soni 30 dan ortiq. Voqea asosan kurdlar yashovchi Midyat shaharchasida ro'y bergan.
Bosh vazir Binali Yildirim xuruj uchun kurd jangarilarini aybladi. Terrorchi tashkilot sifatida taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi so'nggi oylarda turk politsiyasi va harbiylarini nishonga olib kelmoqda.
Kecha Istanbulda yana bir portlash yuz berib, 11 odam, jumladan, yetti politsiyasi halok bo'lgan edi. Bosh vazir xuruj yuz bergan hududni borib ko'rgan.