Turkiya matbuotining xabar berishicha, janubi-sharqdagi Diyorbakir shahrida mashina portlab, kamida sakkiz odam halok bo'lgan. Yuzdan ziyod kishi jarohatlangan.
Rasmiylarning aytishicha, portlash qonunchilar hibsda saqlanayotgan politsiya idorasi yonida ro'y berdi.
Hujum oldidan tunda Xalq demokratik partiyasi, parlamentdagi ikkinchi eng yirik muxolif guruhning yetakchilari va 12 qonunchi qamoqqa olingan edi. Ular, asosan, kurd mintaqasidan chiqqan rasmiylar. Turkiya bo'ylab terrorizmga doir tergov ketidan so'lchilar ham hibsda.
Diyorbakir rasmiylarining aytishicha, shahardagi portlashni taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi sodir etganini da'vo qilmoqda.