Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an politsiyaning korrupsiyaga doir ishni bir yil davomida hukumat ruxsati va xabarisiz tergov qilganini qoralab, buning ortida tashqi kuchlar turganini aytmoqda.
Kuzatuvchilarga ko’ra, Erdog’an so’nggi 15 yildan beri AQShda yashab kelayotgan Fathulla Gulenni nazarda tutmoqda. Biroq bu arbob tarafdorlariga ko’ra, Gulen va u asos solgan “Xizmat” harakatining bu ishlarga aloqasi yo’q.
Istanbul va Anqara politsiya boshqarmalarining bir yillik kuzatuvi natijasida Turkiyada 50 dan ziyod odam korrupsiyaga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olingan. Ular orasida uch vazirning o’g’illari, yirik tadbirkorlar, davlat xizmatchilari bor. Shundan so’ng farzandlari hibsga olingan vazirlar iste’fo berdi.
Bosh vazir Erdog’an uning ortida va undan bexabar olib borilgan tergovni yovuz kuchlarning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi obro’sini to’kishga, hukumatini yemirishga qaratilgan harakati deya baholadi.
Erdog’annning kechagi ittifoqchisi Fathulla Gulen ana shunday kuchlardan biri sifatida aytilmoqda. Xabarlarga ko’ra, Gulen Erdog’anning so’nggi paytlardagi tashqi siyosati hamda hukumatning gulenchilarga qarashli xususiy maktablarni mamlakat bo’ylab yopish qaroridan norozi bo’lgan. Bunga javoban, deydi ayrim tahlilchilar, Gulenning adliya tizimidagi tarafdorlari Erdog’anga yaqin odamlarning poraxo’rligini fosh etdi.
Vashingtondagi Retink Instituti (Rethink Institute) ijrochi direktori Fevzi Bilginning aytishicha, Fathulla Gulenning bu ishga aloqasi yo’q. Siyosatshunoslik bilan shug’ullanuvchi nodavlat tashkilot bu haqda ochiq gapirmasa-da, ayrim kuzatuvchilar nazarida Retink Instituti Gulen tarafdorlari hisobiga moliyalandi.
Doktor Bilginning aytishicha, Turkiya hukumati va bosh vaziri jamoatchilikni mamlakatdagi dolzarb muammolardan chalg’itish maqsadida “ichki kurash”, “tashqi kuchlar” omilini o’ylab topgan.
"Gulendan tashqari, hatto, AQSh va Isroilni ham ayblashdi", - deydi ekspert.
Bilgin Erdog’an hukumati va Gulen asos solgan “Xizmat” harakati o’rtasidagi aloqani rad etmaydi, biroq uning nazarida ikkisini bir ko’rish to’g’ri emas.
"“Xizmat” harakati “Adolat va taraqqiyot” partiyasining demokratlashtirish bobidagi siyosatini qo’llab-quvvatlab kelgan, xususan, siyosiy islohotlarini, armiyani siyosatdan chetlatish harakatini, iqtisodiy siyosatini. “Xizmat” ijtimoiy harakatdir. Biz hukumatni matbuot, tashkilotlar, turli idoralar orqali qo’llab-quvvatlaymiz, ammo u bilan yaqindan hamkorlikdamiz deb bo’lmaydi", - deydi Fevzi Bilgin.
Mutaxassis Erdog’an va Gulen orasidagi qarama-qarshiliklarni tan olgan holda ularning tergovga aloqadorligini inkor etadi.
"Qarashlarda qarama-qarshiliklar bor, albatta. Misol uchun Suriyani olaylik. Fathulla Gulen Turkiya hukumatining Suriyada prezident Bashar Assadga qarshi kurashayotgan isyonchilarni xalqaro hamjamiyat roziligi va yordamini olmay turib qo’llab-quvvatlashga darrov o’tganini yoqlamadi. “Xizmat” harakati Turkiyaning tashqi siyosatini umuman olganda qo’llab-quvvatlaydi", - deydi Bilgin.
Mutaxassis Erdog’anning Turkiyada “davlat ichida davlat” hosil bo’lgani, gulenchilar ichkaridan turib fitnaga qo’l urayotgani haqidagi da’volarini ham inkor etadi.
"Hukumatning turli jabhalarida “Xizmat” harakati maqsadlariga xayrixoh bo’lgan odamlarning ishlashi tabiiy. Vazirliklarda ishga malakasiga qarab olishadi. Hech kim hukumat ichidan turib, mustaqil siyosat olib borolmaydi", - deydi Bilgin.
Korrupsiya bilan bog’liq tergov hukumat obro’siga putur yetkazgani bilan, deydi Bilgin, kelasi ikki yilga belgilangan uch saylovda – mahalliy, prezident va parlament saylovlarida Erdog’anning partiyasi yaxshi natija ko’rsata oladi.
"Hozirgi jarayonlarning demokratik tizimga, konstitutsion tizim yaxlitligiga foydasi yo’q. Chunki adliyaning huquq-tartibot organlari bilan aloqasi uzilgan. Bunday sharoitda saylov byulletenlari daxlsizligini kafolatlab bo’lmaydi. Umuman olganda esa “Adolat va taraqqiyot” partiyasining mavqei hali ham yuqori. Sakkiz yirik gazetaning hammasi hukumat nazorati ostida, ba’zilari bevosita davlatga qarashli.
Telestansiyalar haqida ham shunday desa bo’ladi. Turkiyada matbuot erkinligi xavf ostida", - deydi Vashingtonda Fathulla Gulenga aloqador nodavlat tashkilot rahbari Fevzi Bilgin.
Mutaxassis fikricha, korrupsiya Turkiyada haqiqiy muammo va hozirgi tergovni oxirigacha yetkazish kerak, ammo adliya tizimining inqirozi bunga imkon bermaydi.
Hibsga olishlardan so’ng Erdog’an tergov bilan shug’ullangan mingdan ziyod politsiyachi va prokuratura xodimlarini ishdan oldi yoki pastroq lavozimlarga, Anqara va Istanbuldan uzoqroq joylarga ko’chirdi.