Taksim maydonini o’rab olgan politsiya G'ozi parkida palatkalar o'rnatgan namoyishchilarni ko’zni yoshlantiruvchi gaz va suv bilan haydadi.
Bosh vazir Rajab Toyib Erdo’g’an undan bir necha soat oldin ikki haftadan buyon namoyishni to’xtatmayotgan fuqarolarni ogohlantirgan edi.
"Istanbuldagi yig’inni ertaga o’tkazamiz. Aniq-tiniq aytdim: Taksim maydoni bo’shatilishi kerak. Aks holda mamlakat xavfsizlik kuchlari bu yerni bo’shatishga qodir”, - dedi u minglab namoyishchilarga.
240 ming a’zoga ega KESK kasaba uyushmasi dushanba kuni ish tashlash aksiyasini boshlashini e’lon qildi, yana bir kasaba uyushmasi ham shunday qilish masalasini ko’rib chiqajagini bildirdi.
Shanba kuni politsiya quvgan namoyishchilar Taksim maydoni yaqinidagi shoh ko’chaga qochib chiqdi.
“Biz kelasi soatlarda tinchlik o’rnatishga qaratilgan harakatlarimizni davom ettiramiz”, dedi Istanbul gubernatori Husayn Avniy Mutlu va politsiya harakatlarini yuqori baholadi. U, shuningdek, 29 odam yengil jarohat olganini ma’lum qildi.
Bundan ikki hafta oldin politsiyaning G'ozi parkidagi shu kabi harakatlari Erdog’anga qarshi kayfiyatlarni kuchaytirib yuborgan va namoyishchilar soni yanada ko’paygan edi.
Erdo’g’an parkning qurilishi kechiktirilishini aytgan, ammo shanbaga kelib yana eski fikriga qaytdi. U, shuningdek, kelasi yilgi saylovlarda g’alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
Vazir, shuningdek, turklarni birdamlikka undadi va namoyishlarda muxolifat hamda tashqi kuchlar, jumladan xalqaro ommaviy axborot vositalari qo’li borligini ta’kidladi.
Shanba ertalab prezident Abdulla Gul namoyishchilar bilan muzokaralar samara berishiga ishonch bildirgan edi.
“Muzokara va muloqot boshlangani demokratik yetuklik alomati… Jarayon yaxshi natija berishiga ishonaman”, deb yozgan edi Gul "Twitter" ijtimoiy tarmog’ida.
Shu sababdan politsiyaning Taksim maydoniga hujum qilishi namoyishchilar uchun kutilmagan hol bo’ldi.