Breaking News

HRW: Turkmanistonda bedarak ketgan odamlarning ayrimlari qamoqda


Boris Shihmurodov, Turkmaniston sobiq tashqi ishlar vaziri
Boris Shihmurodov, Turkmaniston sobiq tashqi ishlar vaziri

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Human Rights Watch (HRW) tashkilotining bildirishicha, Turkmanistonda o'tgan yillar ichida o'nlab odam g'oyib bo'lgan, ular o'g'irlangan.

Tashkilot Turkmaniston hukumatini ularning taqdiri, qayerdaligi, qay ahvoldaligi haqida oilalariga zudlik bilan xabar berishni talab qilmoqda.

Ayrimlari uzoq muddatga qamalgan, deyiladi guruh ma'lumotnomasida.

Ular 2002-yilda o'sha paytdagi Prezident Saparmurot Niyozovning joniga qasd qilish harakatida ayblangan.

"12 yildan beri bu borada sukut saqlanmoqda, odamlar aziyat chekmoqda. Turkmaniston hukumati haqiqatni - ular o'likmi, tirikmi - bu odamlarning yaqinlariga aytishi zarur", - deydi Human Rights Watch vakili Reychel Denber.

Ulardan biri Boris Shihmurodov, sobiq tashqi ishlar vaziri. U 2002-yil dekabrida hibsga olinib, besh kunda sudlanib, 25 yilga qamalgan edi. Shundan beri u haqda ma'lumot yo'q. Rafiqasining xatlariga esa yuqoridan javob kelmayapti.

Yana biri Sapar Iqlimovning uch aka-ukasi. Ular ham 2002-yil noyabridagi voqealariga aloqadorlikda ayblanib qamalgan, haligacha daragi yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG