Breaking News

Vashingtonda Turkmaniston-Amerika yillik maslahat uchrashuvlari


Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol 15-oktabr kuni Vashingtonda Turkmaniston delegatsiyasini kutib oldi.

Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov boshchiligidagi delegatsiya Amerika-Turkmaniston qo'shma yillik maslahati uchun tashrif buyurdi.

Bu muloqotlar 2009-yilda ta'sis etilgan va maqsad o'rtada ishonchni mustahkamlash, hamkorlikni oshirishdir, deydi Davlat departamenti rasmiylari.

Safar davomida Davlat kotibi muovini Entoni Blinken Tashqi ishlar vaziri Meredov bilan ko'rishib, o'zaro va regional mavzularni muhokama qildi.

Davlat kotibining qurol nazorati va xalqaro xavfsizlik bo'yicha muovini Rouz Gottemoller esa Meredov bilan mintaqaviy xavfsizlik va energetika bobida fikr almashgan.

Shuningdek, inson huquqlari, mehnat, diniy erkinlik, ta'lim, madaniy almashinuv loyihalari haqida ham gaplashib olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG