Breaking News

AQShda qonunchilar Ukrainaga berilayotgan yordam nazorat qilinishini talab qilmoqda


Rossiya bir yil oldin Ukrainaga qo’shin tortganidan beri Qo’shma Shtatlar Ukraina uchun harbiy va gumanitar maqsadlarda taxminan 113 milliard dollar ajratdi. Bu AQSh hukumati tarixida eng yirik yordam paketi.

Xalqaro hayot - 30-mart, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:51 0:00

Kongressdagi tinglovda hisobot bergan tergovchilarning aytishicha, ajratilayotgan pul qattiq nazorat qilinmoqda va belgilangan maqsadlarda sarflanmoqda.

AQSh berayotgan milliardlab dollar pul Rossiya bosqiniga qarshi urushni moliyalamoqda. Ko’p qonunchilar bu harakatni qo’llab-quvvatlamoqda.

“Biz bu ishga yolg’iz Ukraina va uning fuqarolarini o’ylab qo’l urayotganimiz yo’q. Biz dunyo bo’ylab demokratiyalar uchun, Putin kabi zolim avtokratlarga qarshi bosh ko’targan erkin xalq uchun kurashyapmiz”, - dedi demokrat qonunchi Gregori Miks.

Biroq ayrimlar Ukrainaga berilayotgan pul qanday sarflanayotganini tekshirmoqchi.

“100 foiz audit tarafdoriman. Mutlaq shaffoflik bo’lsin, sarflangan har bir dollar qayerga ketganini bilishimiz kerak”, - deydi respublikachi vakil Kori Mills.

O’tgan yili Vakillar palatasining spikeri Kevin Makkarti AQSh Ukrainaga cheksiz yordam bermaydi deb aytgan edi. Sarfiyatlarni tekshirish uchun hukumat tayinlagan uch tergovchining qonunchilarga aytishicha, shu kungacha pulning noqonuniy o’zlashtirilganiga birorta dalil yo’q.

“Amerikalik soliq to’lovchilar shuni bilsinki, biz Ukrainaga ishonamiz, ammo pul qayerga ketayotganini tekshiramiz ham. Yordamning maqsadga muvofiq ishlatilishidan Ukraina xalqi ham manfaatdor. Aks holda Amerikaning ko’ngli sovishini yaxshi tushunadigan o’qimishli xalq bu”, - deydi respublikachi qonunchi Jo Uilson.

Biroq ayrim respublikachilar ko’p amerikaliklar iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan bir paytda AQSh Ukraina hukumatiga davlat xizmatchilari uchun maosh va nafaqalarni to’lab berayotganidan norozi.

“Parij yoki boshqa joylarda do’konma-do’kon yuradigan ukrainalik amaldorlar qiynalib qolgan ko’rinadi”, - deydi yana bir kongressmen Uorren Deyvidson.

Tergovchilarning aytishicha, xarajatlar tasdiqlanganidan so’nggina pul qoplanmoqda. Ukrainaga ajratilayotgan barcha yordam bir tergovchi nazoratida bo’lishini taklif qiluvchi qonun loyihasi bir necha kun oldin AQSh Senatida o’tmadi.

“Nazoratchi bitta bo’lsin. Ikkitamas, uchtamas, 20 tamas. Ukrainaga berilayotgan har bit sentni bir kishi nazorat qilib, Kongress va Amerika xalqiga ularning peshona terisi bilan topilayotgan pullari qanday sarflanayotgani haqida hisobot bersin”, - deydi respublikachi senator Josh Xoli.

Ukraina uchun yordamning yangi paketi bo’yicha muhokamalar paytida bu masala yana ko’tarilishi kutilmoqda.

“Kongressni g’oyalar bozori deb atasak bo’ladi. Munozaraning bo’lgani yaxshi. Ammo nazarimda, Ukraina xalqi bizning yordamimizga muhtoj”, - deydi respublikachi kongressmen Kris Smit.

29-mart kuni AQSh hukumati Ukrainaga yangi xavfsizlik paketidan iborat 400 million dollarlik yordam va’da qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG