Breaking News

Obama, Putin Ukrainaga yordamni muhokama qildi


Putin Rossiya parlamentdan unga mart oyida Ukrainaga qo’shin jo’natish bo’yicha berilgan vakolatni bekor qilishni so’radi.

Prezident Vladimir Putin Rossiya parlamenti yuqori palatasidan unga mart oyida Ukrainaga qo’shin jo’natish bo’yicha berilgan vakolatni bekor qilishni so’radi.

Putin o’shanda Ukraina sharqida yashovchi rusiyzabon aholini himoya qilish uchun qo’shni hududda harbiy amaliyot o’tkazishga ruxsat so’ragan edi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov so’zlariga ko’ra, Putin endi bu qarorni bekor qilishga chaqirib, shu tariqa Ukraina sharqidagi ahvolni tinchlantirishga hissa qo’shmoqchi.

Ukraina rahbari Petro Poroshenko qarorni olqishlayapti.

Kecha Rossiyaga xayrixoh bo’lginchilar, Rossiya diplomatlari va Ukraina muzokarachilari Donetsk shahrida muloqotga kirishgan. Maqsad davlatni qamragan krizisga barham berish. Uchrashuvda sobiq prezident Leonid Kuchma ham ishtirok etayapti.

Kecha, shuningdek, AQSh rahbari Barak Obama Putinga telefon qilib, Ukraina prezidenti Poroshenkoning tinchlik tashabbusini qo’llab-quvvatlashga undadi. Poroshenko, xususan, juma kuni otishmani to’xtatishga qaror qilgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG