Ukrainada prezident Petro Poroshenko separatist kuchlar bilan bir haftalik sulh tuzishni buyurib turgan paytda Rossiya rahbari Vladimir Putin qo’shinlar safarbarlikka tayyor tursin deya farmon chiqargan.
Rossiya 65 mingdan oshiq askarini shay holatga keltirmoqda. NATOga ko’ra, Kreml Ukraina chegarasida zobitlari sonini oshirsa oshirmoqdaki, kamaytirayotgani yo’q.
Poroshenko Putin bilan payshanba kuni kechqurun telefonda gaplashgan va juma kuni kechga borib, Kreml uning taklifini rad etgan. Putin fikricha, sulh rejasi puxta emas.
Rossiya harakatlari bu davlat Ukraina bilan tinchlik emas, urush tarafdori ekanini ko’rsatmoqda, deydi G’arb diplomatlari.
Kreml esa Rossiya qo’shinlari o’z hududida bemalol harakatlana oladi, AQSh va Yevropa vahima ko’tarmasin deya javob qilmoqda.
Petro Poroshenko tinchlik yo’lida barcha zarur choralarni ko’rishga bel bog’laganini qayd etmoqda.
Shuningdek, Ukraina rahbari 27-iyun kuni Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytiruvchi yangi hujjatga imzo chekadi.
O’tgan yil oxirida Viktor Yanukovich bu bitimga qo’l qo’ymaslikka qaror qilgach hukumatga qarshilik avj olib, u hokimiyatdan ag’darilgan edi.