USAID, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash loyihasiga mablag’ ajratmoqda. Agentlik rahbari Kiyevga safari chog’ida bu haqda bayon qildi.
Qo’shma Shtatlar iqtisodiyoti oqsayotgan Ukrainaga yana 10 million dollar yordam va’da qildi. Yaqinda saylangan prezident Petro Poroshenko poraxo’rlikka qarshi kurashni oliy vazifa deb belgilagan. Mablag’ning katta qismi shu maqsadga yo’naltiriladi.
Korrupsiya – Ukrainani ich-ichidan yemirayotgan illatlardan. Viktor Yanukovich hukumatiga qarshi g’alayonga yetaklagan omillardan biri ham shu edi. Yanukovich Rossiyaga qochib ketganidan so’ng uning shohona hayotini aks ettiruvchi boylik va hujjatlar fosh etildi. Uning saroyi muzeyga aylandi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi direktori Rajiv Shoh Kiyevda prezident Poroshenko bilan muloqot qildi. Shahar markazida namoyishlar paytida halok bo’lgan odamlar xotirasiga qo’yilgan yodgorlikni ziyorat qildi.
“AQSh va Ukraina xalqi uzoq yillik hamkorlar”, - deydi Rajiv Shoh “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.
“Vashington kafilligida yangi hukumat xalqaro moliyaviy tashkilotlardan bir necha milliard dollar qarz olishga erishdi. Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo’shilishi silliq kechishi va zarur iqtisodiy reformalarni amalga oshirishi uchun yana 48 million dollar texnik ko’mak ham ajratamiz”, - deydi u.
Kiyev nazarida Rossiya Ukraina sharqida bo’lginchilarni hanuz quvvatlamoqda. Prezident Poroshenko lavozimga kirishayotganida zo’ravonliklarga bir hafta ichida chek qo’yishini aytgan edi. Uning taklifi shuki, sharqdagi janglar natijasida uy-joyini tashlab ketgan aholi uchun gumanitar koridor ochilishi zarur.
“Vaziyatni yaqindan kuzatib turibmiz. Favqulodda holatlar agentligidan mutaxassislarni jo’natdik. Ular yana qanday yordam kerakligini o’rganmoqda”, - deydi AQSh rasmiysi.