Bugun Kiyevda Ukrainaning yangi prezidenti sifatida qasamyod keltirgan Petro Poroshenko “Qrim bizniki va bizniki bo’lib qoladi” deya ta’kidladi. Poroshenko mustaqillikka erishilganidan beri Ukraina saylagan beshinchi rahbar. Shokoladchi-milliarder oldida ulkan vazifa turibdi. Mamlakatda tinchlik va hududiy birlikni ta’minlash. Qudratli qo’shnisi Rossiya bilan til topishish. Iqtisodiyotni oyoqqa turg’izish.