1-sentabrdan otishmalarni to'xtatish kelishuvi doirasida, Ukraina hukumati va sharqdagi isyonchilar asirlarni almashdi.
O'zini mustaqil deb e'lon qilgan Donetsk Xalq Respublikasining politsiya so'zlovchisi Viktor Anosov mahbus ayirboshlash jarayoni ilk bor o'zaro ishonch asosida, silliq kechganini aytadi.
Tomonlar chegara punktida uchrashib, asirdagi 12 askar Ukrainaga va yana shuncha odam bo'lginchilarga topshirilgan.
Chorshanba kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vositachiligida Kiyev hamda Rossiya quvvatlayotgan isyonchilar navbatdagi sulhni imzoladi. O'quv yili boshlanishi bilan, 1-sentabrdan janglarni bas qilishga har ikki tomon rozi.
Lekin oldin imzolangan o'xshash hujjatlar samara bergani yo'q. Ukraina hukumati o'tgan 24 soat ichida yetti askar o'lgani, separatist kuchlari Mariupol shahriga o'q yog'dirayotgani haqida ma'lumot tarqatdi.