Breaking News

Ukraina sharqida sulh kuchga kirdi


Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko
Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko

Ukraina rasmiylariga ko'ra, mamlakat sharqida armiya va isyonchilar o'rtasida sulh kuchga kirganidan beri Lugansk oblastida otishma ro'y bergan. Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Valentin Nalivaychenko rossiyalik kazaklarni ayblamoqda.

"Ular Rossiya fuqarolari bo'lib, Ukrainada harakatlanmoqda", - deydi u.

Bu holni hisobga olmaganda tomonlar Minskda erishilgan sulhga rioya qilmoqda.

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko armiya, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi qo'shinlari, chegarachilar va xavfsizlik xizmati xodimlariga shanba tundan boshlab otishmani bas qilishni buyurganini aytdi.

Biroq Poroshenko nazarida isyonchilar Debalsevo qishlog'ida qurol ishlatishi mumkin. Ukraina qo'shinlari ayni damda xalqaga olingan. Isyonchilar sulh shartlari Debalsevoga amal qilmasligini aytib, askarlarni qurshovdan chiqarmoqchi emas.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari bugun Debalsevoga bormoqchi bo'lganida isyonchilar ularni kiritmagan.

Sulh shartlariga ko'ra, tomonlar og'ir qurollarini mojaro zonasidan bir necha kilometrga chiqarishi shart.

"Minsk hujjatlariga amal qilinishini talab etamiz. Butun dunyo Ukrainaga tinchlik uchun kurashida yordam beradi degan umiddamiz", - deydi Prezident Poroshenko.

Kecha AQSh rahbari Barak Obama telefon orqali Poroshenko bilan gaplashgan va sulh davomiy bo'lishiga umid bildirgan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ham shu haqda gaplashgan. Kerri Debalsevoda Ukraina qo'shinlari qurshovda qolganidan xavotir bildirgan.

Bugun BMT Xavfsizlik Kengashi Minsk bitimilarini olqishlovchi rezolyutsiya qabul qilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG