Breaking News

Ukrainaliklar tinchlik o'rnatilishidan umidlarini uzib bormoqda


Ukrainada urush zonasidan qochganlar soni oshib bormoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

Ikki yil oldin Rossiya himoyasidagi kuchlar sharqiy Ukrainada davlat binolarini egallay boshlagach, ko'pchilik bu mojaroni uzoqqa cho'ziladi, deb o'ylamagan edi. Oradan ikki yil o'tib, xalqaro sanksiyalar va ikkita tinchlik sulhi qabul qilinganiga qaramay, mintaqada urush davom etyapti. Ko'plab fuqarolar uy-joylarini tashlab ketgan. Ular hali-veri ortga qaytishni umid qilayotgani yo'q.

Viktoriya Vasilevskaya 2014-yil hozir rossiyaparast kuchlar nazoratiga o'tgan Luganks shahridan Kiyevga kelganida bunchalik uzoq qolib ketaman, deb o'ylamagan edi.

"Bir kuni ertalab soat to'rtda dugonam telefon qilib, Viktoriya, vaziyat juda xavfli, qurollangan avtomobillar yuribdi, dedi. Ikki haftadan keyin hammasi joyiga tushadi, yaxshi bo'lib ketadi, deb o'ylagan edim. Lekin unday bo'lmadi", - deydi lugansklik ayol.

Viktoriyaturmush o'rtog'i va farzandlari bilan Kiyevga kelgach, sharqiy Ukrainani tark etgan bir yarim million kishilik qochoqlar guruhining bir qismiga aylandi.

Hayot esa davom etmoqda.

Viktoriya asli dermatolog, hozir Donbas va Qrimdan kelgan qochoqlarga yordam ko'rsatuvchi markazda ishlayapti. Odamlarning mehribonligi hayotimizni ancha osonlashtirdi, deydi u.

Ammo Luganskka qachon qaytishini bilmaydi.

"Agar bir yil oldin so'raganingizda, jamadonlarim tayyor, hoziroq uyga qaytishim mumkin, degan bo'lardim. Yarim yil oldin bu haqda bir qarorga kelishim qiyin bo'lardi. Hozir esa qaytishimiz uchun kamida bir necha yil kerak bo'lishi aniq", - deydi u.

U ishlaydigan markazga har kuni yangi odamlar yordam so'rab keladi. Ular urush zonasidan qochgan fuqarolar.

"Atrofimizda shunday urush bo'ladi degan fikr hech birimizning hatto tushimizga ham kirmagan edi. Negaligini bilmayman, ammo taqdirimiz bunaqa bo'lishini bilmaganmiz", - deydi Viktor ismli fuqaro.

Qochoqlarning hammasi o'z uylariga qaytishdan umidvor.

"Qaytishimiz uchun hamma narsa Ukraina nazoratiga o'tishi kerak", - deydi Viktoriya.

Ammo oradan ikki yil o'tib ham urush olovi so'ngani yo'q. Sharqiy Ukrainani tark etgan aholining aksariyati yangi voqelikka ko'nikkandek. Yaqin orada ular ortga qayta olishlariga ishonmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG