Breaking News

Ukraina ahli sharqiy regionlarni qo'ldan boy berishni xohlamaydi


Rossiya qo'llab-quvvatlagan ayirmachilar. Novoazovsk, Ukraina sharqi. 21-oktabr, 2015-yil.
Rossiya qo'llab-quvvatlagan ayirmachilar. Novoazovsk, Ukraina sharqi. 21-oktabr, 2015-yil.

Ukrainadagi inqilobdan ikki yil o’tib, G’arb va Rossiya Kiyevdan Minsk bitimiga amal qilishni talab qilmoqda. Holbuki, Rossiya buning uchun zarur xavfsizlik talablarini bajargani yo’q.

Lekin o’sha mash’um kunlar ukrainaliklar xotirasida muhrlanib qoldi.Kiyev ko’chalarida ikki yil oldin oqqan qon allaqachon yuvilib ketgan.

“Ko’chaning o’sha tomonidan kelayotib ko’rdim", - deydi Mikola Andriyevskiy ismli yigit. "Mehmonxona yoniga o’liklarni uyib qo’yishgan edi. Odamlar sekin kelib, bitta-bitta ko’tarib olib keta boshlashdi. Borib ularga yordam berganim esimda”, - deydi u.

Ikki yildirki, sharqda hanuz urush davom etayapti. Ukrainadan esa Minsk bitimiga amal qilish va nizoni tugatish talab qilinmoqda.

Minsk kelishuviga ko’ra, Ukraina konstitutsiyaga tuzatish kiritib, hozir ayirmachilar nazoratidagi Donetsk va Lugansk regionlariga ko’proq muxtoriyat berilishi lozim. Ukrainaliklarga bu talab noma’qul kelayapti.

“Bunday muzokara olib borilmaydi", - deydi qonunchi Aleks Rabchin. "Nega endi ba’zi regionlarga muxtoriyat berar ekanmiz? Boshqa regionlar shunda, i-ye, qurol ko’targan separatistlar dag’-dag’a qilib pul, hukumatni qo’lga kiritadi-yu, bizning o’g’illar ular bilan kurashib jon berishiga tinch qarab turar ekanmizmi, demaydimi?”

Ukrainaning xavotiri shuki, Kiyev Minsk bitimiga amal qilmasa, Yevropa joriy yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yangilamasligi mumkin.

Ukrainalik sobiq razvedkachi Aleksey Arestovich nazarida bitim uning mamlakatini zaharlaydi.

“Minsk bitimi Ukrainada uzoq muddatli ichki tanazzulga yetaklashi aniq. Jamiyatda bitimdagi shartlarga qarshilik nihoyatda kuchli. Boshi berk ko’chaga kirib qolganmiz”, - deydi u.

Vaholanki, Kiyev maydonida ikki yil oldin to’kilgan qon zoye ketmaganiga hanuz umid bor.

“Qanchadan-qancha umrlar xazon bo’ldi", - deydi Mikola Andriyevskiy, Maydon namoyishchilaridan biri. "Yaqinlarni yerga qo’ydik. Maydondan ikki yil o’tib, ayol va erkaklar bergan qurbonliklar samarasiz bo’lmagandir, axir”.

Maydon inqilobi bu yurt uchun sha’n va o’zlikni anglash yo’li ham edi. Oradan shuncha vaqt o’tib, G’arb va Rossiya Kiyevni siquvga olar ekan, Ukraina bosim ostida o’z manfaatlarini, o’zligini boy bermasa bo’ldi, deydi suhbatdoshlar.

Ukraina ahli sharqiy regionlarni qo'ldan boy berishni istamaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:10 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG