Breaking News

G'arb qurollari Ukrainaga Rossiyani mag'lub etishga yordam beradimi?


Rossiya Mudofaa vazirligi Britaniya Ukrainaga yaqinda uzatgan va uzoq masofaga uchadigan “Storm Shadow” qanotli raketalarining 7 tasini urib tushirganini bildirdi. Fransiya ham shu toifadagi raketalarni Ukrainaga berish arafasida turibdi.

Xalqaro hayot - 16-may, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:01 0:00

AQSh, Germaniya, Britaniya so’nggi kunlarda qo’shimcha harbiy yordam paketlari haqida e’lon qildi.

NATOga a’zo mamlakatlar Ukrainani qarshi hujumdan oldin kuchaytirishda davom etayotgan bir paytda alyans bosh kotibining o’rinbosari Mircha Joane Xitoyni Rossiyaga yordam bermaslikka chaqirmoqda. Chunki, deydi u, Ukrainadagi urushda Rossiya bosqinchi.

“Xitoy Rossiyaga qurol uzatayotganiga doir biror dalil ko’rmadik. Bu Xitoy uchun o’ta jiddiy qaror bo’lardi, nafaqat o’zaro aloqalarimizga, balki Xitoyning dunyodagi nufuziga ham qattiq ta’sir qiladi”, - deydi Joane.

Yo’llar qurishi ketidan Ukraina qarshi hujumga hozirlik ko’rmoqda.

“Front chizig’i bo’ylab ahvol beqaror ekanini ko’ryapmiz. Ukraina ayrim hududiy muvaffaqiyatlarga erishayotganiga alomatlar bor, masalan, Baxmutning g’arbiy qismida. Ukrainada muvaffaqiyatli qarshi hujum uchun salohiyat yetarli, ammo Rossiya ham jiddiy qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga ega ekanini bilamiz”, - deydi NATO rahbarining muovini.

Harbiy ekspertlar fikricha, yaqin oylar ichida Ukrainadagi urushda sifat va miqdor o’rtasidagi qarama-qarshilik kuchaya boradi.

“Ruslar asosan miqdorga urg’u beradi, yaxshi tayyorlanmagan ko’plab chaqiriluvchilar va safarbar qilinganlarga tayanadi, ukrainaliklar esa G’arb qurollari va tayyorgarligi hisobiga sifatga urg’u beradi. Eng katta farq shu”, - deydi NATO harbiy qo’mitasining mudiri admiral Rob Bauer.

Biroq NATOning Yevropadagi kuchlari bosh qo’mondoni general Kristofer Kavolining aytishicha, Ukraina rus piyoda askarlariga jiddiy zarba bergani bilan Rossiyaning harbiy-havo, dengiz va kiber kuchlari quvvatga to’la.

NATO Ukrainaga Rossiya ustidan g’alaba qozonishda yordam berishni asosiy vazifasi deb biladi. Buning uchun, deydi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Kiyevga barcha turdagi qurollar zarur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG