Breaking News

Ukraina nega Toshkentdagi chempionatni boykot qildi?


Toshkentda boks bo’yicha jahon chempionati davom etmoqda. Uni bir nechta mamlakatlar boykot qilgan, asosan AQSh, Sharqiy Yevropa davlatlari va Ukraina.

Boks bo’yicha jahon chempionati ukrainalik sportchilar qatnashmayotgan yagona musobaqa emas. Dzyudo bo’yicha Qatarda o’tayotgan jahon chempionatida ham ukrainalik sportchilar yo’q. Kurash va boshqa sport turlari bo’yicha kutilayotgan jahon chempionatlarida ham shunday bo’lishi ehtimol.

Agar jahon chempionatlari Olimpiada yo’llanmasini taqdim etuvchi muhim musobaqalar ekanligi nazarda tutilsa, bu ukrain sportchilarini Parijda kutilayotgan Olimpiadada ishtirok etish imkoniyatini jiddiy qiyinlashtiradi.

Ukraina hukumati Rossiya va Belarus ishtirok etayotgan musobaqalarda o’z sportchilarining qatnashishi taqiqlovchi qaror qabul qilgan.

Bu qarorga munosabat turlicha, ammo aksariyat Rossiya bosqinchi davlat sifatida yirik sport musobaqalaridan chetlatilishi kerak deb hisoblaydi, jumladan Toshkentdagi jahon chempionatini boykot qilgan bokschilar ham.

“Biz Rossiya va Belarus ishtirok etayotgan barcha turnirlarni baykot qilamiz. Buning sababi bu davlatlar terrorizm homiylari hisoblani, Rossiya bizning mamlakatga bostirib kirdi, odamlarimizni o’ldirayapti, jumladan sportchilarimizni ham. Bu davlatlarning sportchilari ham o’z rejimlarini qo’llab quvvatlab, terrorizmga homiylik qilishyapti, shunday ekan biz ular bilan bir musobaqada qatnashishni istamaymiz”, - deydi boks bo’yicha yoshlar terma jamoasi murabbiyi Oleg leshenko.

Ukrainani kurash bo’yicha milliy terma jamoasi ham shu muammo oldida turibdi. Boks va dzyudo bo’yicha jahon chempionatlari ayni paytda davom etayotgan bo’lsa, erkin kurash bo’yicha jahon chempionati hali oldinda. Bu musobaqaga Rossiya va Belarus sportchilari ishtirok etsa, ukrainlar u yerda bo’lmaydi.

“Albatta, yirik musobaqalarda qatnashmaslik sportchilarni jismoniy tayyorgarligiga o’z ta’sirini o’tkazadi, hozir asosan Ukraina doirasidagi musobaqalar bilan cheklanib qolyapmiz. Ammo sportchilar uchun eng qyini Olimpiada arafasida tayyorgarliksiz qolish, chunki bunga to’rt yil davomida hozirlik ko’riladi. Agar Olimpiadaga ham Rossiya va Belarus qo’yiladigan bo’lsa, demak biz qatnashmaymiz”, - deydi kurash bo’yicha terma jamoa murabbiyi Oleksandr Golavanov.

Toshkentdagi boks chempionati boykot qilingan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:02 0:00

Nazar Zaharkin, erkin kurash bo’yicha sport ustasi, milliy termaning istiqbolli kurashchilaridan biri. U Rossiya yoki Belarus sportchilari bilan bir maydonda ko’rishishni ukrainlar uchun qabul qilib bo’lmas holat deb hisoblaydi.

“Ukrainada hozir urush ketyapti, kimdir frontda qurol bilan ozodlikni himoya qilyapti, kimlardir front ortida buning uchun mehnat qilyapti. Shunday vaziyatda musobaqalarda qatnashish, yoki deylik Ukraina sharafini xalqaro arenalarda himoya qilish oddiy ukrain uchun normal emas. Mamlakatingda urush, sen vatanda qolib uni himoya qilishing kerak. Hozir Olimpiada qo’mitasi rossiyaliklarni musobaqaga qo’yishi ehtimol qilinyapti, bu absurd qaror. Men bunday qotillar bilan nafaqat sport musobaqasi, boshqa joylarda ham ko’rishishi istamayman”, - deydi erkin kurash bo’yicha sport ustasi Nazar Zaxarkin.

Hozircha Rossiya va Belarusni Olimpiadada ishtirok etishiga doir yakuniy qaror yo’q, turli variantlar muhokama qilinmoqda. Ammo bundan qat’iy, urush, Rossiya va Belarus ishtirok qilayotgan yirik xalqaro musobaqalarni boykot qilinishi ukrain sportchilarining Olimpiadaga tayyorgarligiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmagan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG