Breaking News

Poroshenko: Ukraina 5 yilda Yevropa Ittifoqiga qo’shilishga tayyor bo’ladi


Ukraina rahbari Petro Poroshenko (o'rtada) Yevropa Kengashi Prezidenti Donald Task (chapda) va Yevropa Komissiyasi Prezidenti Jan-Klod Janker bilan. Kiyev, Ukraina. 27-aprel 2015-yil.
Ukraina rahbari Petro Poroshenko (o'rtada) Yevropa Kengashi Prezidenti Donald Task (chapda) va Yevropa Komissiyasi Prezidenti Jan-Klod Janker bilan. Kiyev, Ukraina. 27-aprel 2015-yil.

Prezident Petro Poroshenko Ukraina Yevropa Ittifoqiga kirishga besh yilda tayyor bo’lajagini aytdi. Ayni vaqtda Yevropa Ittifoqi rasmiylari uning sharqiy Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar kiritish so’rovini rad etdi. Bu hududda bir yildan buyon Rossiya qo’llab-quvvatlayotgan ayirmachilar hukumatga qarshi kurash olib boradi. Mojaro boshidan beri 6100dan ziyod odam nobud bo’ldi.

Ukraina prezidenti Yevropa Ittifoqi Prezidenti Donald Task va Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Jan-Klod Janker bilan uchrashuvidan keyin Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo’shilish huquqini o’tgan yilgi “Qadr-qimmat inqilobi”da qo’lga kiritganini ta'kidladi. Bu ibora bilan u Moskva tayanchiga ega Viktor Yanukovichning hokimiyatdan quvilishiga sabab bo’lgan o’zgarishlarni atadi. Poroshenko hozirda Ukraina Rossiyaning bosqinchilik harakatlariga qarshi kurashmoqda, deb aytdi.

Yanukovichning Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy va erkin savdoga oid shartnomani imzolashdan bosh tortgani ommaviy norozilik namoyishlariga olib kelgan edi. U hokimiyatdan haydalgach Kiyevdagi yangi hukumat shartnomani darhol imzolagan.

Prezident Poroshenko Yevropa Ittifoqi qo’shinlarini Ukrainaga kiritishga da’vat etar ekan, bu xavfsizlik sharoitlarini yaxshilash va fevral oyida Kiyev hamda ayirmachilar o’rtasida imzolangan otashkesin haqdagi kelishuvning bajarilishini ta’minlash uchun kerakligini aytdi.

Yevropa Ittifoqi Prezidenti Task Ukrainaga u yerdagi vaziyatni baholash uchun missiya yuborilishini bildirib, bu bilan yordam yo’llari aniqlanishini aytdi va “harbiy missiya yuborish imkonsiz”, dedi.

Ayni vaqtda Ukraina armiyasi so’zlovchisining ma’lum qilishicha, 27-aprel, dushanba kuni mamlakat sharqidagi isyonchilar hujumlarni jadallashtirgan.

Oleksandr Motuzyanyk so’nggi 24 soat ichida bir askar o’ldirilgani va uch nafari yaralanganini bildirdi. Hukumatga ko’ra, yakshanba kuni Ukraina sharqida bir askar nobud bo’lga, yana yetti nafari jarohatlangan edi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari yakshanba kuni Shirokine qishlog’i yaqinida ashaddiy janglarni kuzatdi. Bu qishloq katta strategik ahamiyatga ega Mariupol shahridan biroz narida joylashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG