Breaking News

Karzay: BMT yetakchi davlatlar manfaatlarini ko’zlaydi


Afg’oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishini tanqid qilib chiqdi.

Karzay Kobulda yoshlarning yig’inida suhbat qildi. Bu tashkilotning ba’zi davlatlarga yon bosayotganini iddao qildi.

“30 yildan beri bizga tajriba bo’lgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti idoralari yetakchi davlatlar maqsadlari bo’yicha ishlaydi”,- deydi Karzay.

Sobiq prezident o'z paytida bir necha bor ushbu tashkilotning majlislarida ishtirok etgan. O’z xotiralaridan eslaydi.

“Biz necha soatlab yirik davlatlar rahbarlari suhbatlarini eshitar edik. Afg’oniston kabi davlatlar rahbari suhbati kezi kelganida “hamma” turib ketar edi. Biz bo’sh o'rinlarga gapirib berar edik”,- deydi Karzay.

U BMTning Xavfsizlik Kengani bekor qilinmaguncha muammolar hal bo’lishiga ishonmaydi.

Karzay ayni holda AQShning Afg’oniston bo’yicha siyosatini tanqid qiladi.

AQSh va BMT hanuzgacha bu borada munosabat bildirmadi.

Karzay nega AQSh bilan til topisha olmadi - Karzai/US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:31 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG