Breaking News

Antonio Guterres - BMTning yangi bosh kotibi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi bosh kotibi Antonio Guterres 2017-yilning 1-yanvaridan ishga kirishdi. Xalqaro organni 10 yil mobaynida boshqargan Pan Gi-Mun 31-dekabr yarim tunda xizmatini yakunlagan.

Guterres 1992-2002-yillarda Portugaliya bosh vaziri, so'ngra BMT qochqinlar idorasi rahbari bo'lib ishlagan. Urush va mojarolar domiga tortilgan millionlab odamlarga qanday yordam ko'rsatish - bugunning eng dolzarb mavzusi, deydi u.

Bu odamlar har kuni o'lim bilan yuzlashadi, mayib-majruh bo'ladi, ko'pchilik uyini tashlab ketishga majbur. Hatto kasalxonalar va gumanitar karvonlar ham hujumlarga uchramoqda, deya qayd etdi yangi bosh kotib BMTda qilgan nutqida.

Antonio Guterresga ko'ra, murosa va tinchlik har narsadan ustun qo'yilishi darkor.

2007-yildan buyon BMT rahbari bo'lib kelgan Janubiy koreyalik diplomat Pan Gi-Mun lavozimini topshirar ekan, dunyo davlatlarini xalqaro taraqqiyot, iqlim o'zgarishi, xotin-qizlar va yoshlar huquqlari kabi masalalar doimo diqqat markazida bo'lsin, deya undadi.

"Maqsadga erishish qanchalik qiyin bo'lmasin, harakat davom etishi kerak. Umidni yo'qotmang", - deydi Mun.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG