Breaking News

BMT Bosh kotibi Roza Otunbayeva bilan muloqot qilgan


BMT Bosh kotibi idorasining bildirishicha, bugun Pan Gi Mun Nyu-Yorkda Qirg'iziston prezidenti Roza Otunbayeva bilan qisqa muloqot qilgan.

Bosh kotib va Otunbayeva Qirg'izistondagi bugungi vaziyat, iyun oyida qonli voqealarni boshdan kechirgan janubdagi ahvol haqida gaplashgan. 10 oktabrda rejalagan parlament saylovlariga tayyorgarlik va xavfsizlik masalalari muhokama qilingan.

Qirg'iz rahbariga saylovning oshkora, barcha elatlar huquqi va tengligi ta'minlangan holda o'tishi shartligi eslatilgan.

Pan Gi Mun janubdagi fojia mustaqil tekshirilishi kerak deb keladi. Bu maqsadda tuzilgan komissiya uchun zarur sharoit yaratilishi lozimligini ham qayd etgan.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tashabbusi bilan joriy etilgan bu hay'atga finlyandiyalik arbob Kimmo Kilyunen raislik qilmoqda. Uning aytishicha, xulosalar yil oxirigacha ma'lum qilinadi.

BMT Bosh kotibi Qirg'iziston janubini qayta tiklash ishlari, reabilitatsiya va aholi orasida ahillikni targ'ib qilish bobida tashkilot yordamni ayamaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG